Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qurilish
materiallari sanoatini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, mahalliy xom
ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etishni rag‘batlantirish, ilg‘or
texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini
diversifikatsiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investitsiyalarni
jalb qilish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va
O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan
vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida bir qator topshiriq va
ko‘rsatmalar belgilandi.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua institut “o‘quv reja”siga muvofiq, “lok bo'yoq
matriallar texnologiyasi” fani bo‘yicha bakalavr ta'lim yo‘nalishlari to‘rtinchi kurs
talabalari uchun mo‘ljallangan.
Mazkur fan o‘quv reja bo‘yicha umumiy o‘quv soati – 206 soat, Shu
jumladan: ma'ruza – 28 soat (5 semestr - 28 soat; 6semestr - 28 soat;), amaliy
mashg‘ulotlar – 28 soat (5 semestr -14; 6 semestr - 14 soat;) , mustaqil ta'lim soati
– 94 soat (5 semestr -46 soat; 6 semestr - 48 soat;) ni tashkil qildi. Unda
namunaviy va ishchi o‘quv dasturlar, kalendar reja, ma'ruza matnlari, amaliy
mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar, mustaqil ish mavzulari, test savollari,
joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat savollari, baholash mezonlari, me'yoriy
hujjatlar va adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Talabalar majmuadan foydalanib, dars paytida o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan
mavzularni to‘la o‘zlashtiradilar, joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha test savollari
hamda yakuniy nazoratlarga to‘liq javob topishlari mumkin.