f42ed8aee4de5e7b66397c774a7051b2 ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI
Yulduzlarni o’rasam qorga. Olib kelib oldingga qo’ysam, Ham yulduzni, ham seni suysam. To tonggacha so’ylasam ertak Chechak terib etak va etak Oyog’ingga keltirib to’ksam, Seni maqtab, ag’yorni so’ksam – Shunda seni ko’ngling to’lurmi? Aytganlaring bajo bo’lurmi?.. Ushbu she’rda hayotning keng manzarasi ifodasi yo’q, unda yorning iltijosi borasida qalbda uyg’ongan tuyg’u – hislarning bir oniy tasviri bor; yorga baxshidalik, yor ko’nglini olish uchun borlig’ini berishga tayyorlik bor. Bu – shoirning shaxsiy kechinmalari shaklida, hayajonli va musiqiy tarzda yuzaga chiqyapti.
Hayotni akslantirishning yana bir usulida ko’rsatmalilik, ya’ni “tomosha” ko’rsatish, to’g’rirog’i harakat bilan tomosha ko’rsatish bosh xususiyat sanaladi. Unda muallif ishtirok (remarkalarni hisobga olmaganda) etmaydi, voqyelik harakatdagi insonlarning dialog va monologlari shaklida yuzaga chiqadi; kollektiv sezimga, ya’ni asarni jamoa bo’lib, bir o’tirishda sahnada tomosha qilishga mo’ljallangan bo’ladi:
Olimjon. Xo’p, unda men yaratgan robot, ya’ni mening mashinam qani?
Qo’chqor. Men qaydan bilaman sening mashinangni! E, birovning uyiga bostirib kirib, mashinam qani, deysan! Biz er – xotin tinchgina o’tiribmiz, chirog’imizni yoqib!
Olimjon. Demak, men yetti yil ko’zimning nurini to’kib, mingta byurokrat bilan olishib ... Hayotdagi kamchiliklar ustidan san’atkorning falsafiy o’ylari tarzida voqye bo’ladi, yumoristning yuksak ma’naviy ideali bilan hayotdagi kamchilik, nuqsonlar o’rtasidagi qarama – qarshilik, to’qnashuvdan tug’iladi. “Afsona” (A.Muxtor) – xuddi shu fikrlarga isbotdir:
Qadim arman yerida (Bizga aloqasi yo’q), Go’zal tonglarning birida Paq etib otildi o’q. Keltirilgan ushbu misollardan xulosa chiqarish mumkin: yozuvchi doimo hayotdan, hayotdagi fakt va hodisalardan turtki oladi. Tasavvuri va tajribasida ularni pishitadi, so’ngra asariga olib o’tadi. Demak, adabiyot hayotning in’ikosidir.
Ko’rinadiki, san’atkor to’ppadan – to’g’ri hayotni tasvirlamaydi, balki muayyan g’oyaviy – badiiy maqsad asosida hayotni qayta yaratar ekan, xuddi ana shu maqsadning birbutunligini, maftunkorligini ta’minlashga qodir bo’lmagan keraksiz va foydasiz fakt va hodisalardan voz kechadi, eng xarakterli, zaruriylarini tanlaydi, saralaydi, o’zida (xotirasida, qalbida, zehnida, tajribasida) borini qo’shadi. Eng asosiysi, hayotga haqiqatan o’xshash qilib, bo’lishi mumkin bo’lgan olamni yaratadi. Mana shu haqiqatda adabiyotning mohiyati yaqqol ko’zga tashlangani uchun yana bir bor ta’kidlaymiz: san’atkor (adabiyot) hayotni asos qilib oladi, uni salohiyatiga moslab bichib-to’qib, qaytadan tiklaydi, hayotga o’xshash qilib, hayotda bo’lishi mumkin bo’lgan, to’qilgan, mubolag’ador badiiy olamni yaratadi.