O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

1. Ilmiy-nazariy asos. Adabiyotshunoslik metodologiyasining fan sifatidagi o‘zak qismini ilmiy-nazariy asos tashkil etadi. Binobarin, ilmiy bilishga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar unga ham begona emas. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslik metodologiyasi ilmiy asosini belgilahda uning boshqa fanlar bilan aloqasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi o‘z spesifik xususiyati va tahlil obyekti tabiatidan kelib chiqib, tarix, falsafa, estetika, mantiq, ruhshunoslik kabi fanlar bilan izchil bog’langan. Adabiyotshunoslik metodologiyasining bu sohalar bilan aloqasi umumiylik va xususiylik kategoriyalarining dialektik birligi doirasidagi bog’lanishdir. Lekin adabiyotshunoslik metodologiyasi o‘ziga xos ilm. U garchi adabiyotshunoslikning boshqa sohalari bilan qator mushtarakliklarga ega bo‘lib, tadqiq obyekti bir bo‘lsa-da, bir qator jihatlariga ko‘ra ulardan farqlanadi. Uning o‘ziga xos jihati, eng avvalo, adabiy tanqidchilikda yangilanayotgan dolzarb ilmiy konsepsiyalarni tezkorlik bilan aniqlash va ilmiy muammo sifatida qo‘ya bilish, mazkur ilmiy muammolarning asosiy yo‘nalishlari, taraqqiyot tamoyillarini belgilab berishida namoyon bo‘ladi. Mazkur muammolarning yechimi esa boshqa tadqiqotlarni taqozo etadi. Shu jihati bilan adabiyotshunoslik metodologiyasi boshqa tarkibiy qismlar, jumladan, monografik tadqiqotlar va ilmiy-nazariy izlanishlar uchun nazariy asos vazifasini o‘taydi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasining hozirgi faoliyatidagi yetakchi tamoyillarni quyidagicha belgilash mumkin:
- Adabiyotshunoslikda metod va metodologiya muammolari. Tadqiq, tahlil va talqin prinsiplarining o‘ziga xosligi masalasi.
XX asr o‘zbek adabiyotini yangicha metodologik tamoyillar asosida baholash masalalari.
Hozirgi adabiy jarayon hamda adabiyotshunoslikdagi yetakchi tamoyillar: inson badiiy va ilmiy tafakkuri va salohiyati orqali yaratilgan durdonalargayangicha munosabat masalasi.
Adabiyotshunoslikning so‘nggi davr faoliyatiga nazar tashlansa, bu muammolarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol ilmiy tadqiqotlar olib borila boshlaganligining guvohi bo‘lish mumkin. Bu hol esa, adabiyotshunoslik metodologiyasi adabiyotshunoslikning g’oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligidan dalolatdir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin