O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə26/31
tarix28.03.2017
ölçüsü0,72 Mb.
#12670
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

QON ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLAR

Bu kasalliklarning quzg'atuvchilari asosan qon elementdarida o'rnashib, sog'lom odam organizmiga qon so'ruvchi hasharotlar vositasida yuqadi. Ushbu guruhga mansub kasalliklar ko'p.


BEZGAK

Bezgak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, bezgak plazmodiylari qo'zg'atadi va o'ziga xos isitma xurujlari bilan kechadi.

Bezgak insoniyatga qadim vaqtlardan beri ma'lum. U barcha mamlakatlarda keng tarqalgan kasalliklardan xisoblanadi. Xususan chor Rossiyasida yiliga 3.5 mln. dan ortiq odamda bezgak qayd qilinar edi. O'zbekistonda xam 60-yillargacha bezgak keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kirgan. Bezgakka qarshi davlat dasturi amalga oshirilishi tufayli, bu kasallik jumxuriyatimizda deyarli tugatilgan.

Etiologiyasi. Bezgak qo'zg'atuvchilari plazmodiylar xisoblanadi. Ular oddiy mikroblar guruxiga mansub. Odamda kasallik paydo qiluvchi plazmidiylar 4 xil bo'ladi.

1. Plasmodium vivax — 3 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi;

2. Plasmodium malariae — 4 kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi;

3. Plasmodium Falciparum — tropik bezgak qo'zg'atuvchisi;

4. Plasmodium ovale — 3 kunlik bezgakka o'xshash kasallik ko'zg'atuvchisi.

Har bir plazmidiy o'ziga xos morfologik tuzilishga ega. Plazmodiylar odam va anofeles chivinlari organizmida yashaydi va ko'payadi (10-rasm). Uni shizogoniya deb ataladi. Chivin chaqqanida uning so'lagi bilan odam organizmiga tushgan plazmodiylar qon orqali jigarga yetib boradi va jigar xujayralarida ko'payadi. Bu bosqich to'qima shizogoniyasi deyiladi va kasallikning yashirin davriga to'g'ri keladi. Bu jarayon yakunida merozoitlar hosil bo'ladi. Ular jigardan qonga o'tib, eritrotsitlar ichiga kirib oladi. Shu muddatdan boshlab plazmodiylar eritrotsit ichida ko'paya boshlaydi. Bu eritrotsitlar shizogoniya davri deyiladi va qonga tushgan parazitlar merozoit deb ataladi. Ular turlariga qarab, eritrotsit ichida 48-72 soat ichida yetiladi va eritrotsit yoriladi. Uning ichidan ajralib chiqqan plaemodiy merozitlar qon zardobiga tushub, u orqali yana yangi eritrotsitlar ichiga tushadi. Shu tariqa plazmodiylar eritrotsitlar ichida bir necha marta ko'payadi. Shunga monand ravishda xar safar eritrotsitlar parchalanib, parazitlar qon zardobiga tushganida, isitma xuruji boshlanadi. Bu bosqich bir necha bor takrorlanganidan so'ng yetilmagan jinsiy xujayralar — gemetotsitlar xosil bo'ladi. Ular ikki xil bo'ladi: erkak jinsiy xujayralar - mikrogametotsit va urg'ochi jinsiy xujayralar makrogametotsit. Bu xujayralar yetilmagani tufayli odam organizmida bir-biri bilan qo'shila olmaydi va uzoq muddatli tashuvchilik xolati ro'y berishi mumkin.(11-rasm).

Shunday odamni urg'ochi anofeles chivini chaqqanida odam qoni bilan birga gametotsitlar xam chivin organizmiga o'tadi. Uning me'dasida plazmodiylar jinsiy yo'l bilan ko'payadi — gametotsitlar yetilgan jinsiy xujayralar - gametalarga aylanadi. Ana shu davrdan boshlab mikrogameta va makrogameta bir-biriga ko'shilib, ootsista xosil bo'ladi. Uning ichida parazitlar ko'payib, ootsista yoriladi va plazmodiylar chivin tanasiga, shu jumladan so'lak bezlariga tarqaladi. Aynan shu vaqtdan boshlab chivin odamni chaqqanida bezgakni yuqtiradi. Bu jarayonning muddati tashqi xavo xaroratiga bog'liq, Harorat 15-150 S bo'lganida u 35 kun davom etsa, 25°S va undan yuqori xaroratda 8-10 kun yetarli. Shuning uchun yoz oylarida O'zbekiston sharoitida plazmodiylar chivin organizmida juda tez ko'payishi mumkin.

Epidemiologiyasi. Bezgak kasalligining manbai bemor odam yoki gametotsit tashuvchi sog'lom odam hisoblanadi. Kasallik bir odamdan boshqasiga urg'ochi anofeles chivini chaqqanida yuqadi. Chivin odamni qoronga tushganidan so'ng chaqadi. Boshqa turga mansub, masalan, kuleks chivinlari bezgakni tarqatishda xech qanday o'rin tutmaydi. O'zbekiston sharoitida anofeles chivinlari Surxondaryo viloyatining ayrim xududlarida uchrab turadi. Ularga anofeles chivinlari qo'shni Afg'oniston va Tojikiston davlatlaridan o'tib turadi.

Keyingi yillarda bezgak keng tarqalgan, Osiyo va Afrikadagi xorijiy davlat fuqarolari ko'plab kelishi, respublikamiz fuqarolarining u davlatlarga borib kelishi ko'paygani tufayli, anofeles chivini bor joylarda bezgak kasalliginiig tarqalish xavfi ortib bormoqda.

Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bezgak onda-sonda uchraydigan, asosan chet eldan kirib kelgan xolatlar bilan bog'liq kasallik xisoblanadi. U asosan yilning issiq oylarida qayd etiladi.

Klinikasi. Bezgakning yashirin davri 10 kundan bir oygacha. Kasallik qo'zg'otuvchilarining xususityatiga ko'ra, uning kechishida ba'zi o'ziga xos alomatlar bo'lishi mumkin. Lekin umumiy belgalari ham mavjud.

Odatda, kasallik to'satdan boshlanadi. Badan qaqshab, bemor sovqotadi. Ustiga duch kelgan narsani yopib yotsa xam isimaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, isitma ko'tarilib ketada va tana xarorati 41°S, ba'zan undan xam yuqori darajaga ko'tariladi. Bu vaqtda bemorning badani qizib ketadi, ustidagi barcha narsalarni olib tashlaydi. Isitma ko'tarilgan vaqtda bemor bosh og'rishi, qungil aynishidan shikoyat qiladi. Bemorning yuzi va terisi qizargan, paypaslab ko'rganda issiq tuyuladi. Bel soxasi va chap biqinda kuchli og'riq bo'lishi mumkin. Tomir urishi tezlashadi. Isitma xuruji 6-8 soat davom etadi. So'ngra qisqa vaqt ichida isitma to'satdan 35-35.5°S gacha tushib ketadi (intermittirlovchi isitma).

Bu davrda bemorda kuchli terlash kuzatiladi. Ichki kiyimlari shalobbo bo'lib ketadi. Ularni bir necha marta almashtirishga to'g'ri keladi.

Uch kunlik bezgakda isitma hurujlari orasidagi muddat 48 soat, 4 kunlikda 72 soatga teng. Demak, isitma huruji kun oralatab, yoki 2 kundan so'ng, 3-kunida aynan bir xil vaqtda boshlanadi.

Tropik bezgakda dam isitma xurujlari odatda 48 soatdan so'ng takrorlanadi. Uning og'ir kechishi shundaki, boshlangan isitma huruji 36 soatgacha davom etishi mumkin. U bemorning tinkasini kuritadi. Huruj qo'zg'alganidan so'ng 12 soat o'tishi bilanoq, isitma qaytadan ko'tariladi. Bazak isitmalar xurujida davriylik mutlaqo yiqoladi.

Bezgak keng tarqalgan joylarda odamga har vaqning o'zida bir necha xil ilazmodiylar yuqishi mumkin. Boshqa xollarda esa bir xil pladmodiylar ketma ket bir necha kun davomida yuqadi. Bunday hollarda isitma huruji betartib tutadi.

Isitma xurujlari takrorlanavergach, bemorning turli axzolarida o'zgarishlar yuzaga keladi. Taloq kattalanishi o'ziga xos belga xisoblanadi. U dastlab yumshoq bo'lsa, keyinchalik qatiq bo'lib qoladi. So'ngra jigar ham kattalashadi.

Bemor ish qobiliyatini yo'qotadi. Rangi sarg'ayib ketadi. Ko'pincha lablari atrofiga uchuq toshadi. Eritrotsitlar parchalanavergani tufayli ularning soni kamyib ketadi. Kamqonlik (anemiya) rivojlanadi. Qondagi gemog'lobin miqdori, deykotsitlar soni xam kamayadi.

Og'ir hollarda, ayniqsa tropik bezgakda kasallikning og'ir asoratlari — bezgak komasi va gemoglobnuriya isitmasi ro'y beradi. Bu asoratlar kasallikning vaqtida davolamagan hollarda ko'p uchraydi. Bezgak kasallitda bemor xushidan ketada. Tomirlar faoliyata keskin izdan chiqadi. Miya shishi ro'y beradi. Teri qoramtir-sarg'ish rang bo'lib ketadi. Siydik va najas beixtiyor ajraladi. Jadallashtarilgan davolash olib borilmasa, ko'pincha o'lim bilan tugaydi.

Gemoglobinuriya isitmasi ba'zi bemorlarda bezgakka qarshi dorilar berilganidan 4-8 soat o'tgach ro'y beradi. Bunda kuchli eritrotsitlar gemolizi (parchalanishi) yuzaga keladi. Bemorning harorati to'satdan ko'tarilib ketadi. Kuchli bosh og'rishi va bel soxasida og'riq paydo bo'ladi. Teri sarg'ayib ketadi. Anemiya zo'rayadi. Siydik qoramtir bo'lib keladi.

Vaqtida davolangan hollarda bezgak bilan og'rigan bemorlar tuzalib ketadi. Ba'zi xollarda 1-2 oy, xatto biror yildan so'ng, retsedivlar kuzatiladi.

Tashxisi. Kasallikka xos isitma xurujlarni e'tiborga olib bezgak tashxisini qo'yish mumkin. Laboratoriya diagaostikasida barmoqdan olingan qonni tekshirish kulay va oson usul xisobnadi. Isitma xuruji vaqtida xam, u tugaganidan keyin xam bemordagi qondan "qalin tomchi" olib buyum oynachasi ustida quritiladi. Shuningdek, qon surtmasi (mazok) xam olinadi. Ularni Romanovskii-Gimza usuli bilan bo'yab, mikroskop ostida qaralsa, plazmodiylarni topish mumkin. Bu usul yordamida nafaqat bezgak tashxisini qo'yish, xatto uni qaysi turdagi plazmodiylar qo'zg'atganini aniklash mumkin. Chunki har bir plazmodayning eritrotsit ichidaga shakli va merozoiptlar soni o'ziga xos bo'ladi.

Davolash. Bezgakni davolash kasallik bosqichini, qaysi plazmodiylar qo'zg'atganini, qaytalanishi oldini olishni e'tiborga olgan holda tashkil etiladi. Dastlabki vaqtlarda bezgakni davolashda akrixin, xinin kabi preparatlar keng qo'llanar edi. Ularning toksik ta'siri xam sezilarli bo'lgani uchun xozir kam ishlatiladi.

Keyingi yillarda bezgakni davolashda xloroxin (delagil), primaxin, xinotsid kabi preparatlar keng qo'llanilmoqda. Eng keng qo'llanadigan preparat xloroxin xisoblanadi. Uning bir tabletkasi 0.25 g. uni ko'pincha 3 kun davomida ichirish yetarli bo'ladi ( birinchi kun - 0,5 dan 2 marta, 2- va 3- kunlari 0,5 g. bir marta). Davolash kursi uchun 3.0 g. shu muddatdan so'ng xam qonda plazmodiylar topilsa, yana 2 kun 0.5 g dan ichiriladi.

Ayrim mamlakatlarda plazmodiylarning xloroxinga chidamli turlari uchrab turadi. Bunday xollarda 3 kun davomida xloridin bilan birga ta'siri o'zaytirilgan sulfanilamidlar — sulfapiridazin yoki sulfazin aralashtirib beriladi. Xloridin kuniga 0.03 g dan, sulfanilamidlar — 1.0 g buyurilada.

Asosiy davolash kursi tugaganidan so'ng, retsidivlar oldini olish maqsadida 2 xafta davomida primaxin beriladi.

Bezgakni davolashda qo'llanadigan barcha preparatlar ovqatdan so'ng ichiriladi.

Bezgak komasida shoshilinch yordam ko'rsatish kerak. Dastlab preparatlar vena tomiri orqali yuboriladi. Bu madsadda asosan xloroxinning 10% li eritmasi fiziologik eritma bilan aralashtirib, tomchilab qo'llanadi. Uni yuborish oldidan dimedrol, suprayetin kabi desensibilizatsiya qiluvchi dorilar teri ostiga yuborilsa, delagilning toksik ta'siri susayadi. Zarurat bo'lganida birinchi kuni dori 2-3 marta shu usulda yuboriladi. Bemor axvoli biroz yaxshilangach xloroxinning tabletkasi ichiriladi.

Komani davolashda, shuningdek gormonal preparatlar, yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilovchi dorilar buyuriladi. Siydik ajralishini ko'paytirish maqsadida furosemid tabletka yoki laziks inyeksiyada yuboriladi. Gemoglobinuriya isitmasida qon quyiladi, gormonal preparatlar buyuriladi.

Trisol, disol, xlosol kabi eritmalar tomchilab yuboriladi. Og'ir xollarda sun'iy buyrak apparatidan foydalaniladi.



Oldini olish. Bezgakning oldini olishda kasallik manbai — bemor yoki tashuvchilarni aniqlab davolash va chivinlarga qarshi kurash muxim axamiyatga ega. Bu maqsadda, sababi aniqlanmagan isitma xurujlarida barmoq qonidan sutrma tayyorlanib, mikroskop ostida tekshirilada. Bezgak doimo uchrab turadigan mamlakatlardan yurtimizga uzoq muddat ishlash, yoki o'qishga kelganlar xam shunday tekshiruvdan o'tadilar. Aniqlangan bemor va gametotsit tashuvchilar davolanadi.

Shaxsiy profilaktika maqsadida, bezgak tarqalgan mamlakatlarda uzoq muddatga ishga ketayotgan fuqarolarga xam xaftada bir marta 0.5 g (2 tabletka) dan delagil ichib turish tavsiya qilinadi. Chivinlar chaqishidan saqlanish uchun yoz oylarida pashshaxona ichida uxlash, oyna, eshiklarga to'rdan to'siq tutish lozim.

Qishloqlarda turar joy yaqinrog'ida molxona bo'lsa, chivinlar ularni chaqib odamga tegmaydi.

Chivinlarni kamaytirish maqsadida axamiyati bo'lmagan, chivin qo'payishiga qo'lay ko'lmak suv, qo'l va xovuzlar ko'mib yuboriladi. Sekin oqadigan suvlar o'tdan tozalanib, tez oqishiga erishiladi. Botqoqliklar quritiladi. Suv saqlanadigan idishlar og'zi yopiq bo'lishi lozim.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin