O‘quv adabiyoti h. K. Shodiyev, S. R. Ahmedov teri va tanosil kasalliklari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə11/17
tarix12.03.2017
ölçüsü0,92 Mb.
#10948
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17

3. Mashgulotning maqsadi.

Talabalar terining zamburug‘li kasalliklari (dermatomikozlar) to‘grisida tushunchaga ega bo‘lishlari, ularshshg tasnifini bilishlari lozim. Shuningdek ko‘p tarqalgan mikozlarning klinik belgilarini o‘xshash kasalliklardan ajrata olishlari lozim. Dermatomikozlarni davolash, jumladan grizeofulvin preparatini qo‘llaga koidasini va mahalliy davo doridarmonlari haqida so‘zlab berishlarn talab etiladi. Bolalar bogchalarida va maktablarda zamburug‘li kasalliklarning oldini olish choralarini bilishlari kerak. Ular kuyidagilarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim;

a) yod bilan siiash (Balser) diagnostyk usuli;

b) oyos kafti epidermofitiyasining turlari;

v) zararlangan teri va sochni laboratoriya tekshiruviga olish texnikasi;

g) lyumiiyessent usul bilan mikrosporiyani trixofitiyadan ajratish.



4. Uyga vazifa:

— keratomikozlarda o‘tkir yalliglanish jarayoni nega kuzatilmaydi?

— dermatofitiyalarni «qaychilangan temiratki» deynshning sababi nimada?

oyoq kafti zpidermofitiyasining issiq yoki havo namligi yukori o‘lkalarda ko‘p uchrashi sababini tushuntiring.

bosh soch kismining trixofitiyasi va mikrosporiyasining klinik farqini so‘zlab bering.

— kandidozlarga ta’rif bering.


ADABIYOTLAR
YU. K, Skripkin. Kojnne i venericheskiye bolezni. M., 1979. 162—193, 198—203betlar.

Lecheniye kojnnx bolezney. A. L. Mashkilleyson tahriri ostida. M. 1990. 220—230betlar.



S. T, Pavlov va boshqalar. Kojshle i veyeyericheskiye bolezni. M. 1985 80—105betlar.

YU. K Skripkin va boshqalar. Rukovodstvo po detskoy der.matovenerologii. M. 1983. 116—156betlar.
5. Talabalarning o‘z ustida ishlash rejasi:


Ishning nomp

Ishning mazmunya

Ishning matssadi

1. Zamburugli kagalliklarga duchor bo‘lgan bemorlarni kuratsiya qilish (kuzatish) ;



a) anampez va ogshdemiologik anamnez yig‘ish;

b) aararlangan teri sohasini yozma ravishda ta’riflash;

v) muolaja xonasida

bemorlarga yordam berish. a) talabalarni kasallik tarixi bilan talishtirish;





a) kasallik qo‘zg‘atgan manbani aniqlash;

b) maxsus dermatologik qismni yozishni o‘rganish;

v) spetsifik muolaja

usullarini o‘rganish;

a) bahslashuv yo‘li

bilan bemorning klinik tashxisini

aniqlash;




2. Kasallik tari

xi yozilgan bemor

bolalarni muho

kama qilish.





b) Vud chirogi yordamida

bemorlarni lyuminessent tekshiruvdan o‘tkazish;

v) laboratoriya tekshiruvi natijalarini tahlil qilish;

g) grizeofulvinning

davo bo‘ladigan miqdorini aniqlash (bemorning gavda ogirligi va yoshi asosida).


b) to‘gri davo rejasini tuzishga zamin tapyorlash.










































11MASHG‘ULOT
1. Mashgulot mavzusi. Terining tugunchali kasalliklari (qo‘’bus, qizil yassi temiratki).

2. Mavzuning qisqacha mazmuni.

Do‘’bus (psoriaz). Sinonimlari: gulafshon, tangachali temiratki, qipiqli temiratki.

Psoriaz yer yuzida ko‘p tarqalgan kasalliklardan biridir, yer kurrasining 2% aholisi Qo‘’busga chalingan.

Bolalar dermatozlari ychida davolash muassasalariga yotqizilayotgan bemor bolalarning 8% ini tashkil etadi. So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar orasida ko‘’bus ko‘payib borayapti. Hatto chaqaloq yoshidagi va yangi tushlgan go‘daklarda ham isormaz kuzatilyaiti.

Psoriaz organizmning umumiy kasalligidir. Bunda barcha a’zolar va sistemalarda ma’lum funksional va morfologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Ichki a’zolardagi o‘zgarishlar darajasi Kasallikningbosqichiga, kechishiga va turiga boishkdir. Apniqsa, o‘tkir kechadigan va tarkalgan qshshqsimon temiratkkda asab sistemasi va endokrin bezlar faoliyatiniig buzilishlari, moddalar almashinuvining buzilishi va shshunologik o‘zgarishlar aniqlanyapti.

O‘tkazilgan gistokimyoviy va olektron mpkroskopik. tekshiruvlar isoriazga duchor bo‘lgan bolalar organizmida o‘ziga xos o‘zgarishlarni aniqladi. Bolalarda eksudatsiya jarayoni kuchli rivojlaigan, huja!falar alteratsiyasi yaqkol ko‘zga tashlanadi. Egshdermis hujayralarida kuzatilayotgan glikogen va nukleoproteidlar miqdorining oshishi katta yoshdagi kishilarga tavdoslaganda kam rivojlangan. Kollageya tolalarning o‘zgarishlari esa kasallikning o‘troq (statsionar) boskpchnda nisbatan sezilarli rivojlangan. Shuningdek, keratoz jarayoni boshka qo‘’bus jarayonlaridan ustunroq kechadi. Do‘’busrivojlanishida organizmning irsiy moyilligi va genetik omillarining roli nihoyatda katta. Kasalyaikning bnr necha avlodlarda o‘rganilishi, bir oilada bir necha kishining qo‘’busga chalingan xollarn qo‘’busning irsiy tabiatini tasdiqlamoqda. Rshsallikniig nasldannaslga o‘tish turn aniklangan emas. Ko‘’bus shakllanishida irskn omillar bilan birga atrof muhitshshg ta’siri ham ma’lum rol o‘ynaydi. Obxavoning o‘zgarishi, yil fasllariga qarab kasallikning qo‘zishi yoki susayishi ushbu kasallikning kechishida muhpm patogenetik va klinik axamiyat kasb etadi. Yezning issiq kunlari bemorlar terisidagi toshmalarning butunlay so‘rilib ketishiga olib kelsa, ikkinchi guruxdagi bemorlarda quyoshli kunlarning boshlanishi qo‘tzbusiing qo‘zishiga sabab bo‘ladi. Tangachasnmon temiratkiga chalingan bolalarda oqsil almashinuvishshg buzilishi (giioproteinemiya, gipergammagdobulinemiya, albuminglobulin koeffitsnenlining kamayishi), lipidlar almashinuviga aloqador turlituman o‘zgarishlar, qondagi erkin aminokislotalarning ko‘payishi va boshqa biokimyoviy ko‘rsatkichlar mazkur bemor bolalar organizmida metabolizm jarayonlarining patogenetik rolidan guvohlik beradi.

Dermatozning qo‘zishiga turli yuqumli kasalliklar (gripp, O‘VI1, suvchechak, yuqumli parotit), shuningdek pnevmoniya, nefrit, geiatit kabi xastaliklar sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, yiringli otit, surunkali tonzillit, gaymorit, frontit, tish kariyesi kabrg surunkali kechadigan chegaralangan yiring o‘choqlari ham qo‘’busning zo‘rayishiga va turli asoratlar keltirib chiqarishiga sabab bo‘ladi. Bolalarda teztez uchrab turadrggan l;o‘rqish, turli ruhiy kechinmalar psoriazshshg nafaqat ^o‘zishida, balki shakllanishida xam poydevor bo‘lib xizmat siladi.

Yuqorida sanalgan neyrogen, endokrin, virus va irsiy nazariyalar, modda almashinuvidagi o‘zgarishlar, infeksion va infeksionallergik nazariyalar turli tanqidlarga bardosh bera olmadi. Keyingi yillarda taklif etilgan multifaktorial (ko‘p sababli) nazariya esa kasallikning tub mohiyatini ochib bera olmayapti.

Ko‘pgina bolalarda qo‘’bus boshning sochli qismidan boshlanadi. Bunda terining maddalanishi, uning ustida siyaiqlar va qatqaloqlar to‘planishi kuzatiladi. Sazg‘oqlanish deb hisoblangan bu hodisa bemor go‘daklarning otaonasini barcha hollarda ham pediatrdermatolog huzuriga boshlab kelavermaydi. Yosh bolalarda, ayniqsa emadigan bolalarda kasallikning boshlanishi o‘ziga xos klinik xususiyatlarga ega. Dastlab teri burmalarida chetlari anik; chegaralangan qizgish rangli yalliglanish o‘choqlari hosil bo‘ladi. O‘choqlar chetida kuzatiladigan shox qavatiing ko‘chib tushishi va ishqalanish izlari bichilish, kandidoz yoki ekzematidlarni eslatadi. Psoriatik elementlar esa yuz terisi, jinsiy a’zolar sohasida va tabiiy burmalar sohasida paydo bo‘ladi.

Kasallikning asosiy toshma elementi tuguncha (papu­la) hisoblanib, uning kattaligi tariqdek yoki moshdek keladi. Tugunchalar atrofidagi teri bir oz qizargan, ya’ni o‘tkir yallirlanish hoshiyasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. So‘ngra tugunchalar astasekin kattalashib boradi. Kattaligi loviyadek, o‘rikning danagidek keladigan papulalar birbiri bilan qo‘shilishga moyil bo‘ladi. Maktab yoshidagi bolalarda va o‘smirlarda psoriatik toshmalar asosan simmetrik joylashib, ko‘pincha qo‘l va oyoqlarning tashqi sathini egallaydi. Ular asosan aylana, oval shaklida, teri sathidan bo‘rtib chiqadi. Kasallik rivojlanib borishi bilan ularning rangi och qizil, pushti, och pushti tus oladi. Tugunchalarning ustki yuzasini astasekin tangachasimon, kepaksimon qipiqlar qoilaydi. Bunday qipiqlar oqish, kul rang va kumushsimon oq rangga ega bo‘ladi. Papulyoz toshmalar qorin, yelka, bel va ko‘krak sohalarini xam egallashi mumkin. Tugunlar tirsak, tizza va qorin sohalarida birbiri bilan qo‘shilib, ma’lum sohalarni qamrab oladi.

Kasallik o‘z rivojlanish jarayonining ma’lum davrini o‘tgach toshma elementlarining ko‘payishi va hajm jihatidan kattalashishi to‘xtaydi. Tugunchalar ustini oipoq kumushsimon tangachalar koplab oladi, atrof t^ridagi yallig‘lanish belgilarn yo‘qoladi. Psoriatik toshmalarshshg kamayishi va so‘rilishi ularning markaziy qismidan boshlanadi. Bunday hollarda halqasimon, yarim halqasimon tugunchalar kuzatilib, ular jugrofiya xaritasini eslatishi mumkin.

Qo‘’bus monomorf kasallikdir. Unda r;uzatiladigan tugunchalar o‘ziga xos belgilarga ega. Bu hol psoriatik uchlikda o‘z ifodasini topgan. Psoriatik uchlikka quyidagi belgilar kiradi:

a) stearin dog‘i belgisi. Bu simptomning asosiy sababi giperkeratozdir. Shuningdek parakeratoz ham kirtishlash paytida muguz hujayralariniig to‘xtovsiz ko‘chib tushishiga olib keladi; b) qo‘’bus pardasi belgisi. Tuguncha sathi bo‘ylab qirtishlash davom ettirilganda muGUZ hujayralari qatlami ostida yupqagina parda paydo bo‘ladi. Bu epidermis va derma o‘rtasidagi bazad membranadir. Shuning uchun bu belgi yana oralis pardasi belgisi deb ham ataladi; v) qonli shudring belgisi. Qirtnshlash oqibatida ko‘chirilgan bazal membrana ostidagi dermaning so‘rgichsimon qavatida joylashgan kapillarlardan kon keta boshlaydi. Qonli shudring belgisining asosiy sababi papillamatozdir — derma so‘rgichsimon kavatining o‘sishi. Dirtishlab butunligi buzilgan va o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan so‘rntchlardan qon birdan emas, balki nuqtasimon ketadi. Shu tufayli bu belgi boshkacha, nuqtasimon qonash belgisi ham deyiladi. Yukorida sanalgan bu uchala belgi psoriatik papulalarni boshqa kasalliklarda kuzatiladigan tugunchalardan farq qilishda yordam beradi. Ammo, emadigan yoshdagi bemor bolalarda bu uchlik sust rivojlangan. Shuningdek, qo‘’bus tugunchalari tabiiy burmalar (qo‘ltis ostida, chovson burmasida) sohasida joylashgan hollarda stearin dogi belgisi kuzatilmaydi. Umuman qo‘’busni ko‘pchilik hollarda zaxm tugunchalari va kizil yassi temiratki tugunchalaridan farqlashga to‘rri keladi.

Qo‘’bus surunkali kechadigan va teztez ^aytalanio turadigan kasallikdir. Bolalarda dermatoz ko‘pinchg kishda ko‘ziydi (55,4% hollarda), yoz faslida kamroq (26%), kuz va bahorda undan kamroq hollarda qo‘ziydi. 1lo‘’bus jarayoni bir necha yillab kechishi natijasida yilning bir necha fasllarida ham qo‘ziydigan bo‘lib qoladi. Uning aralash turi 49% hollarda kuzatiladi. Davolash va oldini olish nudtai nazaridan qo‘’busning 5 turi: qishki, bahorgi, yozgi, kuzgi va aralash turlari tafovut etiladi. Kasallikning qo‘zish fasllarini aniqlash, uning oldini olish choralarini ishlab chiqishga va . qaytalanishiga qarti davo rejasini tuzishga yordam beradi.

Kipitssmmon temiratkining kechishida uning uch oosqichi farq qilinadi: qo‘zigan, susaygan va o‘troq bosqichlari.

Qo‘zigan (rivojlangan), ya’ni progressiv bosqichda yangi toshma olementlari paydo bo‘ladi. Ular ko‘pincha miliar va lentikulyar papulalar ko‘rinishida bo‘lib, rangi qizil, yalliYElangan. Toshma atrofidagi terida o‘tkir yalliglanish hoshiyasi kuzatiladi. Terining sorlom sohalariga o‘tkir buyum bilan ta’sir etish (masalan, igna sanchish) yangi tuguncha paydo bo‘lishiga olib keladi (Kebner belgisi— musbat). Yangi toshmalarning hosil bo‘lishi Qichishesh bilan kechadi.

Susaygan (qayta rivojlanayotgan), ya’ni regressiv boskichda psoriatik tugukchalarnint so‘rilishi va ko‘chib tushishi kuzatiladi. Shu sababli papulalarning rangi och: och qizil, pupgti, och pushti. Ular atrofidagi terida o‘tkir yallig‘lanish belgilari kuzatilmaydi. Kebner belgksi manfiy. Papulalar ustida kumushsimon qigshqlar kuzatiladi. Sichishish ahyonahyonda bezovta qiladi yoki umuman yo‘qolib ketadi. So‘rilib tugagan tugunchalar o‘rnida ikkilamchi giperpigmentli yoki gipopigmentli dorlar kuzatiladi (pigmentatsiya darajasi o‘tkazilgan davoning turiga va malhamlarga bogliq). Ko‘pincha ikkilamchi leykoderma kuzatiladi.

O‘troq (rivojlanishdan to‘xtagan), ya’ni statsionar bosqichda yangi tugunchalar paydo bo‘lmaydi, eskilari esa so‘rilishdan to‘xtaydi. Ko‘pincha kumushsimon qipiklar bilan qoplangan hajmi katta tugunchalar va «navbatchy pilakchalar» kuzatiladi. Shuningdek bu davrda rivojlanishdan to‘xtagan papulalar atrofida muguz qavat hisobiga hosil bo‘lgan burmachalarni (Voronovning soxta atrofik burmalari) ham ko‘rish mumkin. Kasallikning

rivojlanishi tugunchalar paydo bo‘ladigan barcha davrlarda to‘xtashi mumkin. Jumladan, endigina paydo bo‘lgan miliar tugunchalar so‘rilib ulgurmasdanoq psoriatik jarayon o‘trsj. bosqichga o‘tishi mumkin. Shu sababli statsionar bosqichda katta hajmdagi iapulalar bilan birga juda mayda tugunchalar ham kuzatilishi mumkin. Utroq bosqich uzoq muddat, ba’zan bir necha oylab davom etishi mumkin. Bu hol katta yoshdagi kishilarda ko‘p uchrab, yosh bolalarga unchalik xos emas.

Yuqorida tasvirlangan odatdagi gulafshondan tashqari, uning qudidagi turlari ham ma’lum: suvli gulafshon, qo‘loyoq kafti gulafshoni, tomchisimon qo‘’bus, Qo‘’bus

artriti, qo‘’bus eritrodermiyasi va boshqalar. Yosh bolalarda tomchisimon qo‘’bus ko‘p uchraydi.

Gulafshonga duchor bo‘lgan bolalarni davolashda ular organizmtSH sinchkovlik bilan tekshirish, taxmin qilingan patogenetik omillarni aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Aynitssa chegaralangan yiryngli yalliglanish o‘choqlarini (tonzilllt, gaymorit, otit) topish va _davolash, turlituman shamollash kasalliklari, gijjalarni yo‘qotish kasallikka davo qilishning garovidir. Katta yoshdagi kishilarda esa davo parhez buyurishdan boshlanishi lozim. Uglevod va yogaarni chegaralash, oqsilli ovqatlarni buyurish juda foyda beradi. Keyingi yillarda ochlik bilan davolash ham keng va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

Psoriazni doridarmonlar bilan davolashda kasallikning davrlari hisobga olinishi lozim. Dardning rivojlangan (qo‘zigan) davrida sezuvchanlikni pasaytiradigan dorilar (natriy giposulfit, zaditen, tavegil, dimebon ichish va yuborish) ko‘proq foyda qiladi. Bemor bolaga esa kalsiy tuzlari (kalsiy glyukonat, kalsiy pantotenat va hokazo) ning nafi ko‘p tegadi. KasallikNing tarqalgan va ogir turlarida steroid preparatlar (prednizolon, presotsil, deksazon) berilishi lozim. Bemorlarga mahalliy davo buyurylganda kasallangan teriga kuchsiz ta’sir etadigan yoki befark xisoblangan malhamlar yozish maksadga muvofikdir (Unna kremi, borat malhami, bolalar kremi).

Gulafshonniig susaygan davrida so‘rilish jarayonini ^yezlashtiradigan dorilar (A, YE, RR vitaminlari, pirogenal, prodigiozan) buyurish ko‘p naf kjladi. Ana shular qatorida tinchlantiruvchi dorilar (meprobomat, tazepam, seduksen), antigistamin preparatlar berish davo natijasini yaxshilaydi. Mahalliy davo kuchaytirilishi lozim: oltingugurt, salitsilat kislota, naftalan va ixtioldan tayyorlangan malhamlar. Ularning miqdori ham astasekinlik bilan: 2—5—10—20% va undan ham ko‘proq qilib oshirib boriladi. Glyukokortikoid malhamlarning barchasi (prednizolon, ftorokort, flyutsinar, lorjnden, selestoderm) ni qo‘llasa bo‘ladi.

Kasallikning yotov; (statsionar) davrida vitaminlar, antigistamin dorilar, kalsiy preparatlaridan tashsari sitostatiklar (metotreksat, prospidin) va kortikosteroidlar kutgan natijalarni olishga yordam beradi. Uzun to‘lqinli ultrabinafsha nurlarni fotosensibilizatsiyalovchi dorilar bilan qo‘shib (PUVA) qo‘llash ham ko‘p foyda qiladi.

Psoriazni susaygan va yotoq davrlarida oromgohda davolash usullarini qo‘llash (quyosh nurlari, ^dengiz va ko‘llarda cho‘milish, serovodorod hovuzlarida yotish) ^davolash natijalarini oshiradi va kasallikning qaytalanish muddatini cho‘zadi.



Qizil yassi temiratki. Kasallikning sababi anjqlangan emas. Taklif qilingan nazariyalar va taxminlar (mikroblar, viruslar, neyrogen, modda almashinuvining buzilishi, irsiy moyillik) amalda o‘zini oqlay olmadi.

Qizil yassi temiratki klinik jihatdan monomorf teri kasalliklari qatoriga kiradi. Bunda teri va shiyaliq qavatlarda tugunchalar (papula) hosil bo‘lib, ular o‘ziga xos byolgilarga ega. Yassi tugunchalarning yuzasi sillik;, yaltiroq och pushti rangga ega. Dastlab ularning hajmi ignaning boshchasidek keladi, so‘ngra kattalashib tariv;, no‘xat, loviya va tangadek bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tugunchalarning o‘rtasida tugmasimon chuqurcha kuzatiladi. Tugunchalar birbiri bilan Qo‘shilib, burdalar hosil qilishi mumkin. Ularning yuzasi to‘rni (Uikkem belgisi) eslatadi. Mazkur manzara zararlangan teri sohasiga o‘simlik yog‘i surtilganda va oshz bo‘shliiada yaqqol ko‘rinadi. Toshmalar yelka va bilaklarning ichki yuzasida, dumg‘aza, tizza va jinsiy a’zolar sohasida ko‘n uchraydi. Kasallik o‘tkir boshlansada surunkali kechadi, ba’zan bir necha yillab davom etadi. Qizil yassi temiratkining kechishida rivojlangan (tugunchalarning hosil bo‘lishi), yotoq (jarayonning to‘xtashi) va susaygan (tugunchalarning so‘rilishi) davrlar fark; qilinadi.

Qizil yassi temiratkinj gulafshon va zaxm tugunchalaridan farqlash darkor. Gulafshonda tugunchalar yuzasining qipik; bilan qoplanganligi va psoriatik uchlik uni mazkur kasallikdan ajratishda yordam beradi. ZaxmDa esa tugunchalarning o‘ziga xos joylashipsh, Biyet yoqasi, Uikkem belgisining kuzatilmasligi, serologik reaksiyalarning musbat javoblari uni temiratkidan farqlab turadi. Qizil yassi temiratkiga xos yana bir belgi — qichishishdir. Kasallikning barcha davrlarida bemorlarni qichishish bezovta qiladi, ba’zan juda kuchli qichishish paydo bo‘lib, bemorlar o‘z badanini timdalab tashlaydilar. Bu belgi zaxm va gulafshonga xos emas.

Qizil yassi temiratkini davolashda antibiotiklar juda naf beradi. Ayniqsa tetrasiklin guruhi (jami 7 —10 mln TB) yaxshn ta’sir kiladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi dorilarning (brom, valeriana, trioksazin, sibazon) foydasi katta. Vitaminlardan nikotinat kislota, piridoksin ko‘p qo‘llaniladi. Antigistamin preparatlarning (suprastin, fenkarol) ahamiyati katta.

Keyingi yillarda gipnoz, igna bilan davolash keng tarqaldi. Kasallikning surunkali kechadigan va ogir turlarida kortikal steroidlar (irednizon, presotsil, kenokort, deksazon) maxsus soida asosida qo‘llaniladi. Davo choralari o‘tkazilayotganda surunkali kechadigan mikrobli o‘choqlarni togshb, ulardan organizmni tozalash davo natijalarini kuchaytiradi.

Mahalliy davo: qichishish zo‘raygan paytlarda glyukokortikoad malhamlar (selestoderm, lorinden, oksikort) buyurnsh maqsadga muvbfiq. Kasallpk susayganda so‘rilish jarayonini tezlashtiruvchi malhamlar (naftalan, ixtiol, oltingugurt va hokazo) surtish kerak. Terining zararlaigan sohalarida gidrokortizon bilan fonoforez o‘tkazish, UVCH bilan davolagan ma’qul. So‘galli turlarida sovuq bilan davolash, Bukki nurlarini qo‘llash loaim. 3. Mashgulotshshg maqsadi.

Talabalar gulafshon va qizil yassi temiratki kasalliklarining sabablarini va mohiyati to‘grisida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Jumladan, kasallikning tabiatini tushuntiruvchi nazariyalar bilan tanish bo‘lishlari lozim. Mazkur dermatozlarning asosiy klinik belgilari va davrlari, shuningdek, ularni birbiridan farqlovchi simptomlarni byrmabir sanab berishlari lozim. Talabalardan psoriaz va qizil yassi temiratkini zaxmning ikkilamchi davridan farq qilish ham talab qilinadi. Shuningdek ular tugunchali kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladigan dorilarni va ishlatish usulyaarini bilishlari lozim. Talabalar kuyidagyalarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak:

a) gulafshon bo‘yicha — psoriatik tugunchalarni ta’riflash. qirib ko‘rish usuli yordamida «stearin doig», psoriatik «parda», «qonli shudring» simptomlarini aniqlashlari;

b) qizil yassi temiratki bo‘picha — temiratki tugunchalarini zaxm va psoriaz tugunchalaridan farq qilishlari, Uikkem turini aniqlay olishlari, shuningdek mahalliy davo usullarini qo‘llay bilishlari lozim.

4. Uyga vazifa:

psoriazni kanday dermatozlardan farq kilish lozim?

qanday belgilar asosida kasallik davri aniqlanadi?

kasallikning davriga qarab davolash rejasini tuzib bering.

— nega ogiz bo‘shligida Uikkem belgisi yaqqol ko‘rinadi?

— qizil yassi temiratkini davolashda antigistamin preparatlarni samara berish sababini tushuntiring.


ADABIYOTLAR
YU. K. Skripkin. Kojnne i venericheskiye bolezni. M. 1979. 351—362. 362—366betlar.

YU. K. Skripkin va boshqalar. Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologii. L. 1983. 200—206, 209—215betlar.


  1. Talabalargoshg o‘z ustida ishlash rejasi:




Ishning nomi

Ishning mazmutsi

Ishning madsadi

1. Tugunchali dermatozlar (gulafshon, qizil yassi

temiratki) bilan

davolanayotgan bemorlarga kasallik tarixini to‘ldirish (har kim o‘zicha to‘ldiradi) ;



a) bemorlarning anamnezida hamroh kasalliklarga e’tibor berish va ularning patogsletik ahamiyatpni talqin qilish;

b) psoriatik triadani

aniqlash.

v) Uikkem belgisini

ankklash;

g) bemorlar terisiga

tegishli malhamlarni surtish.


a) bemorga dastlabki tashxis ko‘yish;

b) diagnostik algoritmdan foydalanib kasallik davrini aniqlash;























2. Bemorlarni guruh bilan birga muhokama qilish.



a) anamnestik ma’lumotlar bilan o‘zaro tanishish

b) noaniq morfologik

elementlarni aniklash va ularni o‘xshash toshmalardan farqlash;

v) olingai yangi ma’lumotlarni daftarga

yozib olish.


a) notanish bemorlar

kasallik tari.\ini

ko‘rish;

b) o‘zaro suhbat yordamida noaniq masalalarni yechish;

v) talabalarni mazkur dermatozlar bo‘yicha bilim saviya















Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin