O‘qituvchiga yordam



Yüklə 25,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü25,5 Kb.
#47020
5 Tashabbus


Поиск...

Поиск


YANGILIKLAR

RUKNLAR


O‘QITUVCHIGA YORDAM

TAHRIRIYAT

РЕДАКЦИЯ

РУБРИКИ


АРХИВ

В ПОМОЩЬ УЧИТЕЛЮ

Ma’rifat Ruknlar Xalq bilan muloqot Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda

Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda

Xalq bilan muloqot 6 / 04 / 2019

Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlamoqda

Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomil­lashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi, muayyan natijalarga erishildi. Shunday bo‘lsa ham, bu borada bajariladigan ishlar hamisha keng ko‘lamli bo‘lib, o‘z dolzarbligini saqlab qola­veradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezi­dentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texno­logi­yalari, kitob o‘qishga qiziqi­shini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan video­selektor yig‘ilishida yosh­larni rivojlantirishga qara­tilgan ma­sa­lalar muho­kama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bular quyidagilar:

Birinchi tashabbus yosh­lar­ning musiqa, rassom­lik, ada­biyot, teatr, va san’atning bosh­qa turlariga qiziqishlarini oshi­rish bo‘yicha.

Ikkinchi tashabbus yosh­lar­­ni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo‘yicha.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo‘yicha.

To‘rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha.

Beshinchi tashabbus xo­tin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha.

Mazkur tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama mukam­­mal tarbiyalash, ular­ning bo‘sh vaqtini maz­munli va samarali o‘tkazish ishlarini qamrab olgan bo‘lib, tegishli sohalar ishtiro­kida amalga oshirib boriladi. Yig‘ilishda har bir tashab­bus­ning maqsadi aniq belgilanib, ijro etuvchi soha­larga tegishli vazifalar yuklatildi. Jumladan, Respub­lika Ma’na­viyat va ma’rifat markazi ham to‘rtinchi tashab­bus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksal­tirish, ular o‘rtasida kitobxon­likni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha mas’ul tashkilot sifatida jarayonda faol ishtirokchiga aylanadi. Markaz­da quyidagi yo‘nalish­larda amaliy ishlar olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda:

1) tegishli tashkilotlar mas’ul­ligi va hamkorligida 1 oy muddatda mazmun va mohiyat nuqtayi nazaridan milliy ruhimiz, shonli tariximiz va vatanparvar ajdodlarimizga munosib bo‘lgan harbiy qasamyodning yangi matni bo‘yicha taklif tayyorlash;

2) Xalq ta’limi vazirligi mas’ul­ligida Yoshlar ittifoqi bi­lan hamkorlikda an’anaviy tarzda bir yilda ikki marotaba, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va 2-sentabr — Bilimlar kunida mam­lakatimiz bo‘ylab o‘tkazila­digan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiya tashkil qilish;

3) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashkilot sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbe­kiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbe­kiston milliy teleradio­kom­paniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbe­kiston Milliy axborot agentligi va Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda, bir yilda bir marta — 9-fevral — buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning tavallud kunida e’lon qilinadigan “Bu yilda o‘qilishi zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzib chiqish, ushbu kitoblarning yil davomida tele va radioefir­larda o‘qib borilishi, el tanigan ziyolilar orqali barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng tashviqotini tashkil qilish;

4) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ulligida Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan ham­korlikda jahon va o‘zbek adabiyoti, tari­ximiz va qadriyat­larimiz bilan bog‘liq sara asarlar, shuningdek, islom dini tarixi, islom dinining asl mazmun-mohiyati va yurti­mizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida hikoya qiluvchi ixchamlashtirilgan matnlarni chop etish va audio­kitoblar tayyorlashni ta’min­lash;

5) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul tashki­lot sifatida Yoshlar ittifoqi va Madaniyat vazirligi bilan birga­likda yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda kitobxon­likka keng jalb etishga qaratil­gan ta’sirchan, tizimli, maqsa­dli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bugungi kunda mazkur vazi­falar ijrosi yuzasidan tegi­shli tashkilotlar bilan ham­korlik yo‘lga qo‘yilib, zarur chora-tadbirlar belgilanib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomoni­dan yosh avlodni tarbiyalash ishlariga bunday aniq va maqsadli yondashuv, tizimli va tartibli qat’iy munosabat barcha soha vakillarini, shuningdek, keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlarni yanada sergak­lantirib, daxldorlik hissi va mas’ulligini oshirmoqda. Oliy hamda ezgu maqsadlar sari bir yoqadan bosh chiqarib, birgalikda harakat qilish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.

Feruza AZIMOVA, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi

МУАССИСЛАР

Халқ таълими вазирлиги Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Республика кенгаши

РЕКЛАМА

Топ рейтинг www.uz



© 2015 - 2020 «Ma’rirat» — «Учитель Узбекистана» газеталари рухсатисиз сайт материалларини тарқатиш тақиқланади.Создание сайтов Life Style
Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin