O'qituvchi nutqining to'G'iriligi, ravonligi, aniqligi va ta'sirchanligini oshirish



Yüklə 255,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.09.2023
ölçüsü255,67 Kb.
#147922
1   2   3   4
O\'QITUVCHI NUTQINING TO\'G\'IRILIGI, RAVONLIGI, ANIQLIGI VA TA\'SIRCHANLIGINI ANIQLASH

O'qituvchi 
nutqining 
tog'riligi, 
ravonligi, 
aniqligi 
va 
ta'sirchanligini oshirish . 
Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy 
til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy 
nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan 
bo`lishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli 
bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, nutqiy tozalikning tildan 
tashqari paralingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga 
ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bo`lgan va 
bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng 
mavqyeda muloqotda bo`layotgan o`zbek xalqining madaniy darajasiga 
mos 
bo`lishi 
lozim.
«Nutqimizning 
sofligiga, 
asosan, 
quyidagilar 
ta’sir 
qiladi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek
grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalari-ning talaffuzi, urg’usi.
2. 
O`rinsiz 
qo`llangan 
chet 
so`z 
va 
so`z 
birikmalari.


3. 
Jargonlar.
4. 
Vulgarizmlar.
5. 
Nutqda 
ortiqcha 
takrorlanadigan 
«parazit» 
so`zlar.
6. 
Kanselyarizmlar»
Nutqimizning toza bo`lishiga xalaqit berayotgan ling-vistik elementlar, 
asosan, dialektizmlar va varvarizm-lardir. To`g’ri, ular tilimizda 
ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida 
dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, 
muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi 
mumkin.
Dialektal so`zlarning badiiy adabiyotda o`rni bilan ishlatilishi faqatgina 
maqsadga muvofiq bo`lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib 
borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qoli-shiga 
xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dia-lektizmlar va 
adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli 
masalalardan 
biri 
sanaladi.
Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta’sir ko`rsatishi tabiiy 
bir holdir. Kishilar nutqlarida o`zlari bilib-bilmay yoki e’tiborsizlik 
oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydala-nadilar. Boshqa millat 
vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, ta’lim olish, xullas, 
muomala 
jarayonida 
ana 
shu 
hol 
yuz 
beradi.
Boshqa tillardan so`z o`zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko`ra 
foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so`zlar orasida 
varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda 
qo`llash-qo`llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtai nazaridan 
munosabat bildirish lozim. Varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, 


sovsem, voobщye, tolko, tolko tak, yestestvenno, obyazatelno, 
konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye, 
dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, 
razresheniye olmoq, podpis qo`ymoq, bo, akun, soni kabi so`z va 
birikmalarning o`zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga 
ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak, bu so`zlar o`zbek tili uchun 
me’yor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit ta’siridan bo`lsa kerak, 
albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat 
qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor ham, nutq ham buziladi. Shuning 
uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatili-shini ijobiy hodisa sifatida 
emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda 
qo`llamaslik lozim. Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy 
uslubga xos bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib 
turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda 
qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan 
foydalaniladi. Ammo bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy 
nutq uslubida ishlatish. Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan 
shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga 
bog’liq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. 
Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi 
va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan 
muddaoning to`liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda 
tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim 
talablar qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihat-dan nutqning to`g’ri 
bo`lishini, so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, 
yorqin va ta’sirchan bo`li-shini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy 


xususiyat-lari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot ortolo-giya ana 
shu 
sifatlarni 
o`rganish 
bilan 
shug’ullanadi.
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib 
kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o`zida aks 
ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha, 
aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab 
o`tirishning ham hojati yo`q. Ammo notiq tinglovchilarni o`ziga jalb 
qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador 
bo`lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga 
muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XII-XIII asr O`rta Osiyo 
ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz 
Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining 
odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida 
muhim tezislarni ilgari surgan. Xullas, ma’naviyati va madaniyati 
shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim 
omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo`lishiga 
qaratgan o`z nazariyotchilari ham bo`olishgan. Agar nutq ma’lum 
vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda 
joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta 
ahamiyatga ega bo`ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashti-radigan 
bo`lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash 
lozim bo`ladi: to`g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, 
tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha 
ma’lumotlar 
beriladi.

Yüklə 255,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin