Optik tolada dispersiya. Dispersiyaning tolali optik aloqa tizimlarining uzatish sifatiga ta’siri


To‘lqin uzatgichning xossalari bilan bog‘liq dispersiya



Yüklə 280,39 Kb.
səhifə7/10
tarix02.12.2023
ölçüsü280,39 Kb.
#171546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-AI OAT

6.2.2.2. To‘lqin uzatgichning xossalari bilan bog‘liq dispersiya

To‘lqin uzatgichli dispersiya – bu impulslar tarqalish tezligining to‘lqin uzatgich (tola) ning tuzilishi bilan bog‘liq dispersiya turidir. Dispersiyaning bu turi tolaning geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichining tola ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘zgarishi - ∆n (x, y) ga bog‘liq.


Har qanday real nurlanish manbai to‘lqin uzunliklari chastotalarning ma’lum oralig‘ida nurlantirishini e’tiborga olsak, turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan yorug‘lik impulslari tolaning birjinsliklari tufayli undan turli vaqt davomida tarqaladi. Natijada boshlang‘ich impulslar va ularning ketma-ketligi buziladi.
Yuqorida qayd etilganidek, 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so’nish qiymati katta. Shuning uchun ham dispersiya, ham so’nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida dispersiyaning nol qiymati so‘nish qiymati kichik bo‘lgan 3-“shaffoflik darchasi”ga surilgan. Bu kvars shishasini aralashmalar bilan legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu turdagi tolalardan signallarni yuqori tezlikli, shuningdek oraliq punktlar soni kam bo‘lgan tizimlarda uzoq masofalarga uzatishda foydalaniladi.
5.9-rasmda turli xil optik tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan.
Uzatish liniyasi xromatik dispersiyasining qiymati quyidagilarga sezgir:
- tandem bog‘lanishlar sonining va uzatish liniyasi uzunligining oshishiga;
- uzatish tezligining oshishiga.



5.9 – rasm. Xromatik dispersiyaning to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi:
1 – toza kvars shishasi xromatik dispersiyasining xarakteristikasi;
2 – siljigan dispersiyali tola xromatik dispersiyaning xarakteristikasi

To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (WDM) tizimlarda xromatik dispersiyaning kattaligiga quyidagilar ta’sir qiladi:


- kanallar orasidagi qadamning kamayishi;
- kanallar sonining oshishi.
Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiya-lash usullaridan foydalaniladi.

Yüklə 280,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin