Operatsion tizimlar


Dasturlash texnologiyalarining qurollari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə17/69
tarix18.12.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#184112
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Operatsion tizimlar

Dasturlash texnologiyalarining qurollari - yaratilayotgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tatbiq etish texnologiyasini ta’minlovchi dasturlar va dasturiy majmualar bo‘ladilar.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish –apparat- dasturiy interfeys deyiladi.
SHaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin:
- Tizimli dasturiy ta’minot;
- amaliy dasturiy ta’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet soxasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yyechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin