Opratsion tizimlari
33
Boshqa diskdagi dasturni ishga tushirish uchun yo‘l to‘liq ko‘rsatiladi, masalan: d: Setup.exe
4. Date (dd-mm-yy] - joriy sanani to‘g‘rilash (korrektirovka qilish) buyrug‘i.
5. Time [hh:mm] - joriy vaqtni to‘g‘rilash (korrektirovka qilish) buyrug‘i. Buyruq birdan
oldingisiga o‘xshash holda ijro qilinadi. Sana va vaqtni tez-tez to‘g‘rilab turish talab qilinmaydi,
chunki bu parametrlar quvvat (energiya) jihatidan mustaqildir.
6. md [yo‘l] katalogning nomi - katalogni yaratish.
7. cd [yo‘l] katalogning nomi - katalogni ochish va katalogga kirish (joriy katalogni
o‘zgartirish buyrug‘i).
8. rd [yo‘l] katalogning nomi - katalogni yoki ostki katalogni o‘chirib tashlash. Katalog faqat
u bo‘sh bo‘lgan holdagina o‘chirib tashlanadi.
9. dir [yo‘l] [katalogning nomi] [faylning nomi] [/P] [/W] – katalogdagi kataloglar va
fayllarning nomlarini ekranga chiqarish. Agar yo‘l va katalogning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
ekranga bu faylning belgilari (atributlari) chiqariladi. Agar parmetri ko‘rsatilgan bo‘lsa, munda-
rija (boblarning nomlari)ni ekran bo‘yicha chiqarish amalga oshiriladi. Agar W parametri
ko‘rsatilgan bo‘lsa, mundarijada faqat fayllar beriladi.
Umum tizimli dasturlar
Vaqt sana haqidagi axborotni chiqarish va kompyuterga vaqt sanasini kiritish. Sana
haqida axborot chiqarish va kompyuterda sana o‘rnatish uchun Date buyrug‘i mavjud.
Buyruqning ko‘rinishi quyidagicha: date
Ushbu buyruq bo‘yicha ekranga haftaning kuni va sana haqida axborot chiqariladi va siz
sanani yangidan kiritishingiz mumkin. Agar siz kompyuterga o‘rnatilgan sanani o‘zgartirishni
istamasangiz, Enter tugmachasini bosing.
Sanani kiritish uchun oydagi kunning raqami (1-31), oyning raqamini (1-12) va yilni yoki
yilning so‘nggi ikki raqamini berish kerak. DOS da bu raqamlarni qaysi tartibda kiritish
(MM-oy, DD-kun, YY-yil)ni ko‘rsatadi, raqamlar orasiga simvollar "-" kiritish kerak. Sanani ki-
ritish ko‘rinishi CONFIG.SYS tizimi konfiguratsiyasining faylida belgilangan Country par-
ametriga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: