Esga oling. Sizga birinchi sinfdan tanish bo’lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o’xshaydi. Lekin ularni asl insho deb bo’lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o’quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo’ladi.
Bilib oling.Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi.