Rasmiy-idoraviy uslub o’ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog’ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo’ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so’zlar va so’z birikmalari keng qo’llaniladi.
3-topshiriq Matnlarni o’qing.Ularning har biri adabiy nutqning qaysi uslubga xosligini aniqlang IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Savollarga javob bering
1. Adabiy nutq me’yorlari haqida nimalarni bilasiz?
2. Adabiy nutqning uslublari deganda nimani tushunasiz?
3. Adabiy nutqimizning keng qo’llanuvchi uslublari qaysilar V.Uyga vazifa