Омонат са+лаш шартномаси


Omonat saqlash shartnomasining turlari



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə3/12
tarix28.04.2022
ölçüsü210,5 Kb.
#56604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Omonat saqlashning alohida turlari

2. Omonat saqlash shartnomasining turlari. Fuqarolik huquqida omonat shartnomasining bir necha turlari qonun hujjatlari va qoidalar bilan tartibga solinadi. Omonat saqlash shartnomasi oddiy omonat va maxsus omonat turlariga bo‘linadi. Oddiy omonat saqlashda omonat saqlashning umumiy qoidalari (FKning 875-893-moddalari)ni qo‘llashning o‘zi kifoya qiladi. Omonatni saqlashning maxsus turiga tovar omborlarida, lombardlarda, banklarda, transport korxonalarining yukxonalarida, kiyimxonalarda, mehmonxonalarda, sekvestr (nizoli ashyolarni) omonat saqlash kiradi. Bundan tashqari, omonat saqlashning maxsus turiga madaniy boyliklarni, muzeyga tegishli bo‘lgan boyliklar va boshqalarni omonat saqlash o‘z xususiyatlariga ega. Bularni saqlashning har birida qo‘llaniladigan omonat saqlash xizmati faoliyati bir-biridan ajralib turadi.

Omonat saqlashga ma’lum bir ashyolar bir turdagi ashyolarni kelajakda xuddi o‘sha ashyoning o‘zini qaytarish kafolati bilan topshiriladi. Bundan tashqari, meva-sabzavotlarni saqlash uchun omonat saqlash shartnomasi tuziladi.

Amaliyotda oddiy va favqulotda omonat saqlash shartnomalari tuzilishi mumkin.

Fuqarolik oboroti bo‘lgan oddiy sharoitda omonat saqlash shartnomasi tuzish mumkin.

Ayrim hollarda fuqarolik oboroti bo‘lgan ashyolarni faqulotda omonat saqlash shartnomasi yozma turini tuzmasdan ham topshirish mumkin. Masalan, tabiiy ofatlar, harbiy holatlar, kutilmagan kasalliklar va boshqa hollarda

Omonat saqlash shartnomasida qatnashuvchi taraflar va shartnoma predmeti, yuqorida aytilganidek, omonat muomalasida ishtirok etuvchi taraflar-fuqarolar va yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar bo‘ladi. Umuman olganda omonat saqlash shartnomasida ishtirok etuvchi fuqarolar muomalaga layoqatli bo‘lishlari talab qilinadi. Lekin ba’zi hollarda omonat qo‘yuvchilar muomalaga layoqatsiz bo‘lganlarida ham omonat saqlash shartnomasi tuzilgan deb hisoblanishi mumkin.

Biroq bunday holda shartnomada omonat qo‘yuvchining manfaatlariga rioya qilingan bo‘lishi shart. Tashkilotlar o‘zlarining ustav (nizom)larida nazarda tutilgan hollardagina omonat saqlash faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Jismoniy xususiyatlari jihatidan omonat saqlovchining ixtiyoridagi binoga yoki xududga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan buyumlargina omonat saqlash shartnomasining predmeti bo‘la oladi. Shu sababli ko‘chmas mol-mulk va hajmi ulkan ob’ektlar byicha omonat saqlash shartnomasi tuzilishi mumkin emas. bunday ob’ektni qo‘riqlash ishi qorovullar va shu kabilar bilan mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi.

Saqlanishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan narsalar-qoradori, zaharli moddalar, har xil o‘qotar qurollar va hokazolar omonat saqlash shartnomasining predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Omonat tariqasida qo‘yilgan narsalarning aynan o‘zi saqlash muddati tugagandan keyin yoki talab qilinishi bilan egasiga qaytarib berilishi kerak.

FKning 878-moddasiga muvofiq, omonat saqlovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saqlashi shart deyilgan. Agar shartnomada saqlash muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa va uni shartnomaning shartlariga qarab aniqlash mumkin bo‘lmasa, ashyo yuk topshirilgan shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi.

Agar saqlash muddati ashyoni yuk topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olish paytigacha qilib belgilangan bo‘lsa, omonat saqlovchi bunday vaziyatlarda odat bo‘lgan ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning yuk topshirgan shaxs tomonidan qaytarib olinishini talab qilishga haqli bo‘lib, ashyoni topshirgan shaxsga uni qabul qilib olish uchun oqilona muddat beradi.

Amaliyotda ashyolarni egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborishi mumkin. Masalan, og‘irlik va o‘lchov bilan belgilanadigan donni elevatorlarda omonat saqlash, turli shaxslarga qarashli bo‘lgan bir xildagi buyumlarni maxsus xonalarda saqlash va hokazo. Saqlash uchun topshirilgan bunday ashyolar, narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli omonat qo‘ygan shaxs o‘zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o‘z buyumlarini emas, balki jism va xiljihatidan o‘sha buyumlarga to‘g‘ri keladigan boshqa narsalarni oladi. Bunday saqlashga egasizlantiri saqlash deb aytiladi.


Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin