0 ‘yinni tanlash uni o'tkazish joyi bilan bevosita bog'liq bo'ladi.
Kichik yoki katta bo'lmagan tor zallarda chiziq bo'ylab turgan
holda o‘yinni o'tkazish mumkin, unda o'yinda qatnashuvchilar
navbat bilan qatnashadilar. Katta zalda yoki sport maydonchada
o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan barcha o'yinlar, ya’ni yoyilib, katta
va kichik to'pni uloqtirib o‘ynaladigan, sport elementlari bo'lgan
o'yinlar o'tkaziladi. Qish vaqtida maydonchada o'ziga xos qishki
o'yinlar o'tkaziladi.
Agarda o'yin ochiq havoda o'tkaziladigan bo'lsa, ob-havo va
havoning haroratini (ayniqsa, qish paytida) hisobga olish zarur.
Havo harorati past bolganda o'yinni o'tkazishda o'yin ishti-
rokchilarining barchasi faol qatnashadi va jismoniy yuklama barcha
qatnashchilarga bir tekisda taqsimlanadi. Yozda issiq havoda
yaxshisi kam harakatli yoki qatnashchilar navbat bilan qatnasha-
digan o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'yin tanlash, shuningdek, o'yin uchun zarur bo'lgan
jihozlarga ham bog'liq bo'ladi. O'yin uchun bu jihozlaming bo'l-
masligi uni tashkil qilishga to'sqinlik qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: