1991-yil 25-aprelda ilk bor xalq milliy o‘yinlari Respublika
musobaqasi Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u
to 1996-yilgacha shu yerda o‘tkazildi. Respublika hukumatining
maxsus qaroriga ko‘ra bu musobaqa «Alpomish o‘yinlari Res
publika festivali» deb qayta
nomlanib, 1998-yildan Termizda har
ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda.
Xotin-qizlar sportiga bog‘ishlangan «To‘maris o‘yinlari Res
publika festivali» 1999-yil Jizzaxda tashkil etilib, u ham har ikki
yilda bir marotaba o'tkazilib kelinmoqda. Mazkur festivallami xalq
xursandchilik bilan kutib oldi va ularga yuksak baholar berdi.
Chunki ularda, asosan, xalq milliy o‘yinlari, harakatli o'yinlar
saralanib, tanlab olinib namoyish etildi. Bunga atoqli olimlar
U.Qoraboyev va T. Usmonxo'jayevlarning katta tashabbuskorlildari
sababbo'ldi.
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan
milliy urf-
odatlar va udumlar ham g‘oyat ko‘pdir. Ulami tashkil qilish va
octkazishda yurtimizning o‘zligi, milliy g‘ururi,
iftixori va, eng
muhimi, ma’naviy-ma’rifiy madaniyati mujassamlashgan. Ularning
eng muhimlari to‘ylar (o‘g‘il farzand tug‘ilishi, beshik, payg'ambar
yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotiralash va h.k. maro-
simlardir. Ayniqsa, yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollaming
har xil yig‘inlari (gap-gashtagi), qizlaryig‘ini, maktabni bitiruvchilar
kechasi va shu kabi har xil odatlar ham ma’naviy kuch-quwat va
jismoniy kamolot sababchisi bo‘la oladi.
Turli diniy, o‘tganlami eslash, xotiralash marosimlarida xalqi
miz o‘tgan-ketgan ajdod va avlodlami xotiralaydilar, ularning oila
a’zolari, qarindosh-urug‘lariga sabr-toqatli bo‘lish, o‘zlarining
salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi tarbiyalash, ularni jis
monan chiniqtirishgatilaklar bildiriladi. Bular milliy qadriyatlari-
Dostları ilə paylaş: