O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA –INFORMATIKA
“TASDIQLAYMAN”
Fakultet dekani _______________ I. U. Xaydarov
2022 -yil “_____” ____________________
QISHLOQ XO’JALIGIDA AXBOROT - KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISH YUZASIDAN METODIK TAVSIYALAR
(2022-2023-o‘quv yilida Anorchilik, Sabzavodchilik, Issiqxonachilik yo‘nalishlari 1-kurs kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun amal qiladi)
Farg‘ona - 2022
Kirish……………………….………………………………………………………………3
Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan metodik tavsiyalar……………...………………4
1-mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari..……………………….….....10
2-mavzu Qishloq xo‘jalik sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari. ……..12
3-mavzu: MS Windows 7,8,10 operatsion tizimlari va ulardagi yangi imkoniyatlari va qulayliklari..……………………………………………………………………………….13
4-mavzu: Taqdimot dasturi orqali soha bo‘yicha animatsion taqdimnoma tayyorlash ………………………………………………………………………………………….…14
5-mavzu: C++ dasturlash tilida qishloq xo‘jaligi masalalarini echish……………………15
6-mavzu: Korporativ axborot tizimlari …………………..…………………………….…16
7-mavzu: MS Access muhitida turli so‘rovlar yaratish va SQL so‘rovlar tili ……………17
8-mavzu: Bulutli texnologiyalardan foydalanish…………………………………..…..…18
9-mavzu: Qishloq xo‘jalik ekin turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tuzish ..…………19
10-mavzu: Simziz aloqa tarmoqlarida axborotni ximoyalash. Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari …………..……………………………………………………….…21
11-mavzu: Vektorli va rastrli grafikada ishlovchi dasturlar va ularni qo‘llanish sohalari. …………………………………………………………………………………………….22
12-mavzu: WEB-sayt yaratishda Adobe Dreamweaver dasturinig qulayliklari.………….23
13-mavzu: Yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish va Milliy tarmoq resurslaridan foydalanish …………………………………………………………….…...24
14-mavzu: Grafik muxarrirlar yordamida qishloq xo‘jaligi er maydonlari, ekin maydonlari sxemalarini qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlarni bajarish…………………………….….25
15-mavzu: Adobe Flash dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi jarayonlariga oid animatsion modellar yaratish…………….…………..…………..…………..…………………….….26
KIRISH
Talabaning mustaqil ishi – o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismidir.
"Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari" fanini bo‘yicha talabalarning mustaqil ishi – shu fanning fan dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni ta'minlaydigan auditoriyadan tashqari ishlar majmuidir.
"Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari" fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi bo‘lajak pedagoglarning kasb bo‘yicha amaliy faoliyatini erkin va mustaqil ravishda amalga oshirishga hissa qo‘shadigan umumiy madaniy va kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirishga qaratilgan yuqori malakali mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishdir.
"Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari" modulini o‘qitish doirasidagi mustaqil ish quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- talabalarning auditoriyada va darsdan tashqari mashg'ulotlarda olgan bilim, ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni aqliy va jismoniy faoliyat-ning stereotiplariga aylantirish;
- fan dasturidagi mavzular bo‘yicha qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallash;
- pedagogik tadqiqot faoliyati bilan bog'liq bilim va ko‘nikmalarni shakllanti-rish va rivojlantirish;
- o‘zining faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘zini o‘zi anglash qobiliyatini shakllantirish;
- samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy va o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Talabalarning mustaqil ishi har bir o‘qituvchi tomonidan "Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari" fanining bo‘yicha ishchi dasturda rejalashtirilgan va uning kredit turlari (soatlari) sillabusda qayd etilgan bo‘lib, unda talabalar har doim mustaqil ishlarning hajmi, bajarilish vaqti va ularni bajarish natijalarini baholashda qo‘yiladigan maksimal ball haqida ma'lumot olishlari mumkin.
"Qishloq xo’jaligida axborot - kommunikatsion texnologiyalari" fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
- nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish va berilgan mavzu bo‘yicha konspekt tayyorlash;
- esse yozish;
- tavsif yozish;
- tavsifnoma yozish;
- ta'rif yozish;
- savollarga javob yozish;
- insho yozish;
- glossariy tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: |