“hokimiyat egalari”ning o‘zboshimchaligiga jamiyatning barmoq
orasidan qarash muhiti
davlatning kadrlar siyosati zaifligi
Ushbu uch guruh omillar amal qilayotgan mamlakatlarda (bular, birinchi navbatda, rivojlanayotgan va sobiq sotsialistik mamlakatlar) korrupsiya avj olgan bo‘ladi. Aksincha, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa bu omillar zaif bo‘lib, u yerda korrupsiya ham kam rivojlangan.
Korrupsiyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan omil va sharoitlar yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi, undagi ziddiyatlar, qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlarning bir-biriga zidligi, qonunlarni amaliyotga joriy qilish mexanizmining ishlamasligi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvida byurokratiya, ma’muriyatchilikning rivojlanganligi, boshqaruv tizimida mansabdor shaxslarning haddan tashqari ko‘payib ketishi, boshqaruv tizimida bir-birining funksiyalarini takrorlashlarning ko‘pligi;
biznes va tadbirkorlikni ro‘yxatga olish, ruxsat berish va ularni tugatish protseduralarining haddan tashqari chigalligi, ko‘p bosqichli ekanligi, murakkabligi;
Bu modelda markaziy hukumat prinsipal (P) faoliyat yuritadi: u qoidalarni belgilaydi va o‘rta ham quyi bo‘g‘in amaldorlariga, ya’ni agentlarga (A) aniq vazifalar beradi. Bunda amaldorlar markaziy hukumat bilan alohida fuqarolar yoki firmalar, ya’ni mijozlar (M) o‘rtasida vositachilik qiladi. Soliqlar to‘lanishi evaziga agent prinsipal nomidan mijozlarga turli xil xizmatlarni ko‘rsatadi (firmalar faoliyatini litsenziyalashtiradi, fuqarolarga ijtimoiy nafaqalarni
63Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиёт.Ўқув қўлланма.-Т.:Ноширлик ёғдуси, 2019-497-бет.
taqdim etadi, xodimlarni davlat xizmatiga yollashni amalga oshiradi va hakazo). Masalan, soliq xizmati doirasida prinsipal sifatida soliq xizmati rahbari timsolida davlat namoyon bo‘ladi, agentlar – soliq to‘plovchilar, mijozlar – soliq to‘lovchilar namoyon bo‘ladi. Soliqlarni to‘lash evaziga soliq to‘lovchilar qonuniy faoliyat yuritish imkoniyatiga egadirlar, aks holda ularni jarimalar va boshqa jazolar kutadi.
Lavozim suiiste’mol
qilinishi to‘g‘risida
Prinsipal bilan kontrakt doirasida majburiyatlarni bajarish
poralar