Avtonom oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashqi autsorserlar bilan ixtisoslashgan holda tashkil etish modellari2
Model nomi
Predmeti
Subʼekti
Agrar
Qishloq hududlaridagi yosh fermerlarni tayyorlash markazlari
Tuman, shahar, viloyat hokimiyatlari, klasterlar
Sanoat
OTM laboratoriyalari va sanoat korxonalari
Savdo-sanoat palatasi, Aksiyadorlik jamiyatlari, Sanoat uyushmalari
Inklyuziv
Imkoniyati cheklangan, nogiron fuqarlarni kasbga o‘qitish markazlari, dam olish va davolanish maskanlari
Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, taʼlim va sog‘liqni saqlash hayriya fondlari, ijtimoiy himoya markazlari
Xalqaro
OTM huzuridagi hunarmandchilik va sanʼat, pedogogik mahoratni oshirish markazlari
Hunarmandar uyushmalari, Qo‘shma korxonalar, OTMlar kengashi
Tarmoq
Turli darajadagi taʼlim tashkilotlari, sanoat treninglari uchun birlashtiruvchi taʼlim majmualari
Shahar, tuman, viloyat hokimliklari, hududiy taʼlim boshqarmalari va aksiyadorlik jamiyatlari
Davlat korporatsiyalari
Biznes infratuzilmasi, jumladan, biznes inkubatorlar, venchur fondlar, ilmiy jamiyatlar, kasaba uyushmalari
Savdo-sanoat palatasi, tadbikorlar va taʼlim tizimining boshqaruv organlari
Okrug o‘quv modeli
Universitet shaklidagi turli darajadagi uyushmalari, taʼlim muassasalari, davlat unitar korxonalari
Davlat unitar korxonalari, oliy taʼlim muassasalari, Savdo-sanoat palatasi, kichik va o‘rta biznes uyushmalari
Jahon mehnat bozorida kadrlar yetkazib berishning samarali vositasi sifatida Autsorsing raqobatbardosh deb tan olingan. Adekvat javobini, sifat kafolatlari va raqobatbardoshligini shakllantirish uchun iqtisodiyot va mehnat bozorlari ehtiyojlarini taʼminlaydigan tegishli hamkor vositalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakat taʼlim tizimida autsorsingni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida davlat boshqaruvi organlari, oliy taʼlim muassaslari va boshqa mustaqil jamoat birlashmalari o‘rtasida tegishli vakolatlarni o‘zaro taqsimlash bo‘yicha shartnomalarni markazlashtirilishi hisoblanadi. Bunda oliy taʼlim muassasalarining kasbiy yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashuvi jarayonlari chuqurlashadi.
Shunday qilib, oliy taʼlim xizmatlari bilan mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatalarda autsorsingni joriy etish tadbirkrlik sohasida intellektual salohiyatning ortishi, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi qo‘shilgan qiymatlarning yaratilishi, jamiyat turmush farovonligini oshirishi bilan birgalikda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasida ko‘zlangan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishish imkonini beradi. Taraqqiy etgan amaliyoti tahliliga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda har 72 soatda iqtisodiyot tarmoqlaridagi bilimlar hajmi qariyb ikki barobarga ortadi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida band bo‘lgan oliy maʼlumotli hodimlarning 55 foizi har yili o‘z kasbiy malakasini oliy taʼlim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali oshirib boradi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida bilimni tijoratlashtirish orqali barqaror innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday natijaga erishilishida oliy taʼlim xizmatlari va mexnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda autsorsingni muvaffaqqiyatli joriy etilishi katta ahamiyat kasb etadi.