Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi o. O. Zaripov, M. O. Atajonov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
64cdee9c20fea REAKTIV QUVVAT. 2-qism.monografiya. (1)

 
 



I BOB. BO‘YLAMA VA KO‘NDALANG 
KOMPENSATSIYALARNI TAQQOSLASH 
Ko‘ndalang 
kompensatsiya 
sanoat 
korxonalarida 
quvvat 
koeffisientini orttirish uchun keng tarqalgan. Bu qurilmaning himoyasi
boshqarilishi, ishlatilishi va xizmat ko‘rsatilishi, kondensator batareyalar 
quvvatlarini maydalash imkoniyati mavjudligi oddiyligi sababli, ularni 
xohlagan tarmoq joyida o‘rnatish mumkinligi, qaerda iqtisodiy 
maqsadga muvofiqligi texnikaviy va ishlatilishi sharoitini hisobga olgan 
holda. 
Ko‘ndalang kompensatsiyada kuchlanish miqdori oshadi, lekin 
kuchlanish tebranishi yuklama o‘zgarishida saqlanib qoladi, xuddi 
kompensatsiyadan oldingi holatdagidek. Yuklama minimum vaqtlarida
tizim kuchlanishi kondensatorlar qisqichlarida nominallidan yuqori 
bo‘lishi mumkin. 
Kuchlanish og‘ishi korxonada minimum yuklanishi tizim 
minimum yuklamasi bilan mos kelganda oshib ketadi. Bunday 
holatlarda uni pasaytirish tashkiliy ishlari qo‘llanilishi kerak. Bunday 
holatlarda uni pasaytirish tashkiliy ishlari qo‘llanilishi kerak. Bu 
tashkiliy ishlardan biri tarmoqqa ulangan kondensatorlar quvvatini 
rostlash, rostlash avtomatik yoki ishda hizmat qiluvchi xodim KB larni 
to‘la yoki qisman oldindan ishlab chiqilgan grafik bo‘yicha o‘chirish 
yo‘li bilan. 
Qisqa vaqtli qayta va zarbli yuklamalar ta’minot manba shinalarida 
kuchlanish tebranishini keltirib chiqaradi, va demak, u boshqa 
iste’molchilarda zarbsiz yuklamalarda katta kuchlanish tebranishi sodir 
bo‘ladi. Bunday iste’molchilarni ta’minlash alohida liniyalarda va 
alohida transformatorlarda bajariladi, lekin har doim ham bu iqtisodiy 
maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. 
Bo‘ylama kompensatsiya, kuchlanishi orttira turib qabul qiluvchi 
oxirida, kuchlanish tebranishini kam chegaralarda bo‘lishini ta’minlaydi. 
Uni qo‘llash qisqa vaqtli va keskin o‘zgaruvchi yuklamalarda 
qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. 
Bo‘ylama kompensatsiyada kodensatorlar nominal quvvati to‘la 
foydalinmaydi, chunki liniyadan oqayotgan tok kvadratiga proporsional 
o‘zgaradi. Tarmoqqa sig‘imni ketma-ket ulash zanjiridagi reaktiv 
qarshilikni (tarmoqda va ta’minot transfomatorlarni), kamaytiradi, bu 
ortishiga olib keladi. 1000 V gacha bo‘lgan iste’mol qurilmalarda, bu 



holat muhim ahamiyatga ega, chunki har doim ham qt tokiga yetarlicha 
bardoshli o‘chirish apparatni tanlash imkoniga ega bo‘lmaydi. 
Shu sababli ko‘pincha o‘rnatilgan transformatorlar birlik quvvatni 
cheklashga to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang va bo‘ylama sig‘imli 
kompensatsiya xususiyati ularni elektr ta’minot tizimlari sohalarida 
qo‘llanilish farq qiladi. Bo‘ylama kompensatsiya rostlash usuli sifatida 
va elektr tarmoqlarida keskin o‘zgaruvchi yuklamalarda kuchlanishning 
stabillash uchun qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kompensatsiya cosφ ni 
ko‘tarish uchun va sanoat korxonalari elektr ta’minot tizimlarida 
kuchlanishni rostlash uchun qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin