30
Buni hisobga olgan Peterburg akademiyasi Fransiya arxivida
saqlanayotgan metrning dastlabki holida nusxalarini tayyorlash va turli
davlatlarga berishni taklif etdi.
3
1875 yil Parijda xalqaro konferensiya chaqirildi. 17 davlat vakillari
metrik tizimni xalqaro sifatda tan olish bo‘yicha metrik konvensiyani
(shartnomani)
imzoladilar.
Aynan
shu
konferensiyada
Xalqaro
komissiyaning ko‘zatuvi ostida platina va iridiy kotishmalaridan 34
dona metr etaloni va 43 ta kilogramm etaloni tayyorlandi. SHulardan
№28 va №11 metr etalonlari hamda №12 va «26 kilogramm etalonlari
Rossiyaga berildi.
1967 yili eng zamonaviy asboblar bilan Er meridianining qirq
milliondan bir ulushi aniqlandi va natijaga ko‘ra Fransiyadagi arxiv
metr meridional metrdan faqat 0,2 mm qisqarok ekan.
Platina-iridiydan tayyorlangan metr etalonining xatoligi +1,1.10
-7
metr
bo‘lib, asrimizning boshidayoq bu e’tirof etilgan edi. 1960 yilda
og‘irlik va o‘lchovlar bo‘yicha XI bosh konferensiya atom
nurlanishlarining spektral chiziqlari to‘lqin uzunliklarining doimiyligi
asosida kripton metr etaloniga ta’rif berildi.
Undagi xatolik 5.10
-9
metrga teng edi.
Birok kosmik asrda bu ham qoniqtirmadi va 1983 yil, og‘irlik va
o‘lchovlar bo‘yicha XVII Bosh konferensiyada metr etaloniga yangi
ta’rif berildi: metr - yorug‘lik nurining vakuum sharoitida sekundning
1/299792458 ulushidagi bosib o‘tgan masofasiga teng.
Massa birligining etaloni ham qiziq tarixga ega. «Arxiv kilogramm»
1872 yilda tayyorlangan bo‘lib, toza suvning 4
0
S dagi 1 dm
3
hajmga
to‘g‘ri keladigan massasiga teng hisoblangan. U balandligi va diametri
39 mm ga teng bo‘lgan platina silindrdan iborat. Undan olingan
nusxalar esa platina-iridiy kotishmasidan tayyorlangan.
Dostları ilə paylaş: