Oilaviy inqirozlarni oldini olishda tarbiyaning ahamiyati


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 52,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü52,82 Kb.
#192815
1   2   3   4   5   6
oilaviy-inqirozlarni-oldini-olishda-tarbiyaning-ahamiyati

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-24-28
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
Tashkent, Uzbekistan 25 E-mail: carjisor@carjis.org 
individual-ruhiy xarakteristikalari, ularning lozim bo„lgan o„zaro munosabatlarga 
tayyorligi darajasining pastligi, ulardagi adaptatsiya potensialining yetarli emasligi 
bo„ladi. Shu bilan bog„liq holda turg„un nikoh profilaktikasi, uning lozim darajada 
faoliyat ko„rsatishini ham,xuddi shuningdek qizlarning ruhiy jihatdan salomatligini 
ta‟minlashning ham dolzarb yo„nalishlaridan biri ularning oilaviy xayotga 
adaptatsiyasining samarali xususiyatlari ishlab chiqish bo„ladi.
 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oilaviy turmush inson hayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Xuddi 
shu boisdan jamiyatning qonun qoidalarga nisbatan munosabat ham oiladagi shaxslararo 
turli tuman muammolarda, muloqotda, fikr almashinuvida, munozaralarda, o‟z ifodasini 
topadi, binobarin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar 
mustahkam bo‟lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob xarakter hislarini, bolada 
yuksak ma‟naviy hislarni shakllantirishga bog‟liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson 
qilib tarbiyalashdek yuksak va mas‟uliyatli vazifa ota-onaga, oiladagi kattalarga 
yuklatilgandir.
Yurtimizda oila hamisha davlat himoyasida va oliy qadriyat sifatida e‟zozlanadi. 
Oila ijtimoiylashuvning asosiy va muhim o‟chog‟i bo‟lgani uchun ham uning shu 
muhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e‟tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezilarlidir. 
Respublikamizda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti o‟z faoliyatini boshlashi, 
jamiyatda yoshlar tarbiyasi borasida oilaning roli va mas‟uliyatini oshirishga qaratilgan 
muhim tadbir bo‟ldi. 
Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‟zi va o‟z sifatlari 
to‟g‟risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta‟rif berish mumkin. Demak, 
har bir inson o‟zini, o‟zligini qanchalik aniq va to‟g‟ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning 
jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo‟ladi, ya‟ni u 
tarbiyalangan bo‟ladi. O‟z-o‟zini anglash, o‟zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni 
ko‟pincha konkret shaxs tomonidan og‟ir kechadi, ya‟ni inson tabiati shundayki, u 
o‟zidagi o‟sha jamiyat normalariga to‟g‟ri kelmaydigan, no‟maqul sifatlarni 
anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar 
ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. (Avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko‟ra). Bu 
ataylab qilinadigan ish bo‟lmay, u har bir shaxsdagi o‟z shaxsiyatini o‟ziga xos himoya 
qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‟pincha turli xil yomon 
asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta‟kidlash lozimki, 
«Men» - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‟sha shaxsni o‟rab turgan tashqi 



Yüklə 52,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin