Ijtimoiy psixologiya.
Ijtimoiy psixologiya tushunchasida o‘z mohiyatiga
ko‘ra ijtimoiy bo‘lgan inson ruhiyatining namoyon bo‘lish shakllari aksini topadi.
Ammo ijtimoiy psixologiya ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida kishilarning
ommaviy xulq-atvori xususiyatlarini, ijtimoiy birliklar va guruhlarning ijtimoiy
hayot hodisalariga bo„lgan munosabatlarining muayyan tipini tavsiflaydi. Ular
e'tiqodlar, ijtimoiy mo„ljallar, tuyg„ular, odatlar, stereotiplar va hokazolar
ko„rinishida namoyon bo„ladi. Ijtimoiy psixologiya ruhiyat tarzini, muayyan
ijtimoiy guruhga xos bo„lgan jamoa xulq-atvorining ruhiy xususiyatlari va shakllari
barqaror majmuini ham o„z ichiga oladi. Ijtimoiy birliklar va guruhlarni
tushunishda ijtimoiy fe'l-atvorni hisobga olish muhim rol o„ynaydi.
Ijtimoiy psixologiyada u yoki bu guruhga yoki butun jamiyatga mazkur
jamiyat tarixining muayyan davrida xos bo„lgan ijtimoiy tuyg„ular muhim o„rin
tutadi. Ijtimoiy tuyg„ular juda faol va o„ta ta'sirchandir. Ular aks etish va tarqalish
xususiyati va usullariga ko„ra farq qiladi. O„zaro ruhiy induksiya, taqlid, ijtimoiy
nazorat, ta'sir ko„rsatish, emotsiyalarni yuqtirish va hokazolar shular jumlasidandir.
Mafkura.
Ong doim hayotning mazmuni muammolarini u yoki bu tarzda
hal qiladi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari va istiqbollari bilan bog„liq bo„lgan
hayotiy muhim savollarga javob beradi. Mazkur savollar mafkura doirasida
qo„yiladi va hal qilinadi.
Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish
ehtiyojlarining tizimga solingan, nazariy ko‘rinishda aks ettradigan va ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlash yoki o‘zgartirishga xizmat qiladigan g‘oyalar,
12
qarashlar majmuidan iborat.
Mafkura mazmunini ijtimoiy rivojlanishning
yetilgan, muhim, dolzarb va yechishni talab qiladigan ziddiyatlari tashkil etadi.
Shunga muvofiq yuz berayotgan jarayonlar mazmuniga va ijtimoiy muammolarni
yechish yo„llariga nisbatan alohida yondashuvni aks ettiruvchi ayrim nazariy
mulohazalar yuzaga keladi. Bu mafkuraning shakli hisoblanadi. Uning mazmuni
esa muayyan ijtimoiy guruh – sinf, etnik guruh, hukmron elita yoki uning
muxolifati va hokazolarning manfaatlarini ifoda etishdan iborat. Mafkura shaklan
ob'ektiv, lekin mazmun jihatidan sub'ektivdir. U nazariy jihatdan tizimga solingan
ko„rinishda ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga bo„lgan
munosabatini aks ettiradi va ularning ijtimoiy-siyosiy natijalarini nazariy jihatdan
asoslash va oqlashga harakat qiladi.
A.Ochildiev istibdod mafkurasi, istiqlol mafkurasi, va jamiyat mafkurasi
kabilarni farqlaydi. Istibdod mafkurasidan farqli o„laroq “istiqlol mafkurasi millat,
jamiyat, davlatni mustaqil taraqqiyot yo„liga boshlaydigan, uni belgilab beradigan,
erkin va ozod rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan g„oyalar, qarashlar tizimidir”
1
.
Uning fikricha, har qanday davlat o„z faoliyatida yagona etnosotsial birlik sifatida
chiqadigan millat manfaatini himoya qilishga qaratilishi, uning jipsligi,
tiraqqiyotini ta'minlaydigan milliy mafkuraga tayanmog„i lozim. Zero milliy
mafkura davlat organlari, ijtimoiy institutlar faoliyatini tashkil qiluvchi,
yo„naltiruvchi qurol vazifasini o„taydi.
Ijtimoiy ong shakl va mazmun jihatidan rang-barangdir. Ijtimoiy ongning ilmiy,
diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy turlari farqlanadi. Ular o„zi aks
ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga
ko„ra farq qiladi. Ijtimoiy ong turlari yoki shakllari ko„p darajali tuzilmalar bo„lib,
o„ziga xos ko„rinishga ega bo„lgan oddiy va nazariy darajalarni, ijtimoiy
psixologiya va mafkurani o„z ichiga oladi
1
1
Ochildiyev A. Milliy g„oya va millatlararo munosabatlar. –T.: O„zbekiston, 2004. –B.28
|