Oila va jamiyat munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish hu qu qiga ega»


Oilada totuvlik muhitini yaratish omili



Yüklə 26,78 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü26,78 Kb.
#193264
1   2
Oilada totuvlik muhitini yaratish omili.
Hozirgi ilmiy adabiyotlarda oilaning ma’naviy asosi masalasida, shaxsning kamol topishi bilan uzviy bog’li q bo’lgan bilim, san’at, arxi­tektura, milliy, diniy, axlo qiy, badiiy va bosh qa qadriyat turlari, milliy isti qlol mafkurasi kabi talay ma’naviyat va ma’rifat xususida gapiriladi. Bolaning ma’naviy tarbiyasida oilaning ahamiyati muhimligi ta’kidlanadi;
Ota-onaning oiladagi moddiy, tashkiliy, tarbiyaviy va o’zaro shaxsiy masalalar yuzasidan bir-biri bilan bo’ladigan munosabatlari sof, samimiy, erning xotiniga, xotinning eriga nisbatan o’zaro hurmati, iffati asosida qurilsagina, bunda u oilada
musaffo ma’naviy muhit va hamjihatlik vujudga keladi. Ayniqsa, ota-ona munosabatidagi, ularning bir-biriga mehribonligi, farzandlariga bir xil
muomalada bo’lishi, har ikki tomonning qarindosh-urug’lariga bir xilda mehr-oqibat, hurmat bilan qarashi, bir so’zligi, haqiqatni gapirish kabi ijobiy
fazilatlarga ega bo’lishi, shuningdek, sog’lom hayot kechirishi, chekish, yolg’onchilik, maishiy buzu qli q, dimog’dorlik, manmanlik va bosh qa shu kabi illatlardan holi bo’lishi oilaviy munosabatlar madaniyatining sofligini ta’minlovchi xususiyatlardir.
Oila ikki ustundan iborat:
Birinchisi - iqtisod, ikkinchisi — ma’naviyat. Oilani shu ikki us­tundan birisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Lekin iqtisodda imkoniyatdan, ma’naviyatda sharoitdan kelib chi qmo q kerak. SHunda oila mustahkam qo’rg’onga aylanadi. «Eng do’zaxi ayol — eri imkoniyati darajasidan orti q talab etuvchi ayoldi», — deb u qtiriladi muborak hadislarda.
Oila tutishda ma’naviyatning sharoit taqozo etgan tomonlari borki, bu xaqda allomalarimiz eslatib o’tishgan. Beruniy oila qurayotgan qizlarga ota-onaning pand-nasihatlarini keltirib, oiladagi, tinch-totuvlik ko’proq ayollar zimmasiga tushishini
ta’kidlab shunday yozadi: «Ey qizim! Sen o’rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo’lajak kuyovingning hamma hislatlarini bil-
maysan. Sen yer bo’l, u esa osmon bo’ladi. Demak, sen u bilan shunday yo’l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo’lsang, u osmon kabi olijanob bo’ladi. Osmon shifobaxsh yomg’iri bilan yerni ko’kartirgani kabi ham o’z mehru shaf qati ila seni xushnud etadi. Ering sendan fa qat yumsho q va shirin so’zlar eshitsin, yaramaydigan va eski libosda yoki sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o’tirma. Јizim, kuyovingdan kuchi yetmagan va sotib olishga qudrati yetmagan narsalarni talab qilma. Bunday qilsang orada totuvlik yo’ qoladi, turli xil janjallar paydo bo’ladi. Јizim, rash q qilishdan sa qlangin, chunki u ajralib ketishning kalitidir. Eringga hadeb gina qilaverishni man etaman. Yaxshisi, sen u bilan xushmuomalada, shirin so’zli bo’lgin, bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. O’zingga xushbuy narsalar bilan oro bergil. Pokizalik hamisha yo’ldoshing bo’lsin».
Yüklə 26,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin