Oila tarbiyasi metodlari, oila tarbiyasi shakllari. Reja


Oilada bolalani tarbiyalash shakllari



Yüklə 25,57 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü25,57 Kb.
#178849
1   2   3
Oila tarbiyasi metod, shakl

Oilada bolalani tarbiyalash shakllari.


Oilada sog'lom turmush tarzini shakllantirish, uning ma'naviy va tibbiy salomatligi negizidir. Sog'lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sihat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik o'zgarishlar bilan, bu o'zgarishlar qay darajada xalqimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamigyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi, yosh avlod tarbiyasinin yuksak samaradorligini ta'minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog'liqdir.
SOG'LOM turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog'ligi, maishiy xizmatga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qondirish demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, oila a'zolarining ma'naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi. Oilada turmush tarzi jismonan sog'lom va aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko'rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to'g'ri taqsimlash, to'g'ri va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat'iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga to'la rioya qilish, ma'naviy intellektual shaxs bo'lishni talab etadi. Oilaning moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma'naviyati darajasi farzandlarni jismonan sog'lom, ma'nan boy qilib o'stirishga imkoniyat yaratadi. Atrof-muhitning ekologik musaffoligini ta'minlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sog'lom turmush tarzini shakllanishida o'zining ijobiy samarasini beradi.
Juda ko'p eshitamiz, anemiya, kamqonlik bilan ona bo'lishmoqda degan gaplarni. Lekin xotin-qizlardagi ekstrogenetal va surunkali kasalliklarning oldini olish, bemor onalarga tibbiy yordam kor'satish borasida hukumatimiz tinimsiz chora-tadbirlar ko'rayotganligi ham ayon. Bugun biz shu holatni ko‘z oldimizga keltirib, bo‘lg‘usi onaning taqdiri to'g'risida ko'proq qayg'urishimiz kerak. Tibbiyot xodimlari bilishadi, ko'pinchalik onalar u yoki bu infeksiyaning tashuvchilari sifatida ona bo'lishadi, u xomiladan bolaga o‘tadi, natijada, go'daklar o'rtasida, kichik yoshli bolalar o'rtasida turli kasalliklar aniqlanmoqda. Shuning uchun ham, eng avvalo, 2003-yil avgust oyida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 365- qarorinnng mohiyatini maktablarning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litseylarning qizlariga tushuntirishimiz, kasalliklarning oldini olib, qizlarni sog'lom onalikka tayyorlashimiz kerak. Bu ham yosh onalarga, bo'lg'usi avlodga g‘amxo‘rligimiz bo'ladi.

Tarbiya vositalari va oila


Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hodisasi
sifatida namoyon bo‘ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog‘liq. “An’ana” - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy majmua hisoblanadi. Xalq an’analari - uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy- ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy - ijodiy faoliyati asosida, atrof - muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan- avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o‘ylari,
tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan. Urf - odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy- hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal, ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni- qo‘shnilarning biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va keyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi. An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Xulosa
Ota-ona obro‘si oiladagi axloqiy tarbiyaning garovi hisoblanadi.
Buyuk allomalarning mulohazalariga ko‘ra, tarbiyada hazilga
yo‘lqo‘yuvchi jiddiylik hukm surishi lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat, tirnoq orasidan Kir izlashga aylanib ketmasligi kerak.
Shu boisdan muayyan pedagogik-ruhiyatqonun-qoidalariga rioyaqilingan holda ota-onalar tarbiya tamoyillari, usullari, vositalari bilanqurollangandagina haqiqiy nazokatga va odobga erishish mumkin. Bu narsa ulardan chuqur izlanishlarni talabqiladi. Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishining iltimos, maslahat, ishontirishi, talabqilish, buyruqva tanbeh berish, jazolash, rag‘batlantirish singariqator usullaridan o‘z o‘rnida va me’yorida foydalanilmasa, ko‘zlangan maqsadga erishib bulmaydi


Yüklə 25,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin