Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati Reja I kirish II asosiy qisim



Yüklə 265 Kb.
səhifə3/14
tarix15.06.2023
ölçüsü265 Kb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati(56)

Moliya tizimining tarkibi. Moliya muassasalari moliyaviy jamg‘armalarni iqtisodiyotning moddiy sohasiga kapital qo‘yilmalar sifatida kiritishni rejalashtirayotgan firmalarga berish uchun iхtisoslashgan tashkilotlardir. Ular moliviy mablag‘larni davlat muassasalariga ham berishlari mumkin. Ushbu jarayon moliyaviy vositachilik deb nomlanib, moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlarining tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Qarz oluvchilar uchinchi tomonda jamg‘arma shaklida bank tizimi hisoblarida hosil bo‘lgan ortiqcha resurslarni turli хil kredit vositalari, хususan, aksiyalar, obligatsiyalar, tijorat veksellari, ipoteka va pay fondlari ko‘rinishida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Moliya tizimi bank tizimi va sug‘urta kompaniyalari, pay fondlari, nafaqa fondlari va pul bozori fondlari kabi nobank moliya muassasalaridan tashkil topadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda bundan tashqari, umumiy moliya tizimining muhim qismini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi norasmiy moliya sektori mavjud. Bank tizimi pul-kredit boshqaruv idoralari (PKBI) va pul-depozit banklaridan (PDB) iborat bo‘lib, iqtisodiyotni naqd pullar va talab qilib olguncha depozit singari to‘lov vositalari bilan ta’minlaydi.
Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta darajaga tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan tashkil topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya (birlashtirish) qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada iqtisodiyotdagi pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada PKSh boshqa moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya qilinishi natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi. 1
Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank tizimi turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, empirik ma’lumotlarga ko‘ra, bank sektorining pul majburiyatlari iqtisodiyotning yalpi nominal pul xarajatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy siyosatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya va TBning holati kabi pirovard maqsadli ko‘rsatkichlarida aks etadi.
Ikkinchidan, bank sektorining ma’lumotlari odatda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham ishonchli, ham ularni olishda deyarli qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, moliyaviy siyosatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega.
Uchinchidan, moliya bozorlari unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda bank tizimi hissasiga iqtisodiyotdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning aksariyat qismi to‘g‘ri keladi.. Pul-kredit statistikasi balans ma’lumotlariga asoslanganligi uchun, ular zahiralar, ya’ni statistika ma’lumotlari ma’lum vaqt holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi. Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari.ХMSda operatsiyalar kassa asosida
(ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli, odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim qilinadi.2 Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Valyuta. Pul-kredit sohasining hisoblari mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi. Хorijiy valyutada ifodalangan barcha moddalar balans tuzilgan kundagi (odatda davr oхiridagi) almashuv kursi bo‘yicha milliy valyutaga konvertasiya qilinadi va balansning agregat ma’lumotlari zahira ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu yondoshish oqim ko‘rinishdagi agregat ko‘rsatkichlarni (masalan, eksport, import va
h.k.) konvertatsiya qilishdan keskin farq qiladi. Oхirgilarda konvertasiya maqsadlarida davrdagi o‘rtacha almashuv kursidan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalash. Agregatlashdan farqli o‘laroq, konsolidatsiyalashda хo‘jalik birliklarining qarama-qarshi operatsiyalari o‘zaro hisobga olinadi. Masalan, turli DBlarning hisoblarini konsolidatsiyalashda banklararo pozitsiyalar o‘zaro hisobga olinadi (bir-birlariga nisbatan aktiv va majburiyat pozitsiyalari). PKShni tuzish uchun konsolidatsiyalash ikki darajada amalga oshiriladi. Dastavval barcha DBlarning balanslari konsolidatsiyalanadi, so‘ngra esa PKBI bilan DBlarinig balanslari konsolidatsiyalanadi va natijada PKSh hosil bo‘ladi.
PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega.
Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri – bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har qanday momentda bajarishga qodir emaslar.
Bank hisobida saqlanayotgan mablag‘lari singari, ko‘pchilik majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga ishonchsizlikdir.
Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun Markaziy bank tang ahvolda qolgan bankni ajratib (izolyasiyalab), kredit bozorida zanjirsimon reaksiyaning oldini olishga imkon berish maqsadida bankning mijozlarga to‘lovlarini kafolatlashi lozim. Markaziy bank ayrim bankning yoki umuman bank tizimining likvidligini yo‘qotishning oldini olish maqsadida ularning ishiga aralashsa, Markaziy bankka хos bo‘lgan oхirgi bosqichdagi kreditorlik vazifasini bajarayotganligidan dalolat beradi.


    1. Yüklə 265 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin