Ob’ektning sistematik holali Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix09.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#153194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Laboratoriya ishi11 (1)

 
Qon aylanish sistemasi
. Qorin devori va ko’krak qafasi olib tashlangandan 
so’ng, yupqa devorli yurak oldi xaltasi bilan o’ralgan yurak (
43 
– rasm) ko’zga 
tashlanadi.


 
43 – rasm.
 
A – Qushlarning arterial qon tomirlari sistemasi sxemasi:
1 – aortaning o'ng yoyi; 2 – o'ng nomsiz arteriya; 3 – o‘ng umumiy uyqu arteriyasi; 4 – 
tashqi uyqu arteriyasi; 5 – ichki uyqu arteriyasi; 6 – o'mrovosti arteriyasi; 7 – ko'krakning o'ng 
arteriyasi; 8 – ichak arteriyasi; 9 – orqa aorta; 10 – chap buyrak arteriyasi; 11 – o'ng son 
arteriyasi; 12 – o'ng quymich arteriyasi, 13 – o'ng yonbosh arteriyasi; 14 – dum arteriyasi; 15 – 
o'pka arteriyasi (arteriya qon tomiridagi vena qoni qora rangda bo'yalgan).
 
B – Qushlarning venoz qon tomirlari sistemasi sxemasi:

1 – 
o'ng bo'yinturuq venasi; 2 – o'ng o'mrovosti venasi; 3 – o'ng ko'krak venasi; 4 – o'ng 
oldingi kovak venasi; 5 – o'pka venasi; 6 – dum venasi; 7 – o'ng buyrak qopqa venasi; 8 – o'ng 
buyrak venasi; 9 – o'ng son venasi; 10 – o'ng yonbosh venasi; 11 – keyingi kovak vena; 12 – 
ichak tutqich venasi; 13 – ichak usti venasi; 14 – jigar qopqa venasi; 15 – jigarning chap venasi; 
16 – chap buyrak; 17 – jigar (arterial qonli vena qon tomirlari chiziqchalar bilan ko'rsatilgan). 
Yurak qorinchasining ikkiga bo’linganligi tashqi tomondan bilinmagani 
uchun uch kameralikka o’xshaydi. Yurak bo’lmalari qorinchadan yog’ to’qima 
bilan qoplangan jo’yak orqali ajralgan. Yurak oldi xaltasi va ba’zi bir tomirlarni 
qoplagan yog’ to’qimalarini pinset bilan ajratib olingda, yurakning asosiy qon 
tomirlarini ko’zdan kechiring.
 
Qushlar qon aylanish sistemasi arterial va venoz qonning bir–biridan to’la–
to’kis ajralganligi bilan xarakterlanadi. Bu yurak qorinchasining ikkiga bo’linishi 
tufayli to’rt kamerali yurak hosil bo’lishi, shu bilan birga buyrak qopqa venasi bilan 
aorta chap yoyining reduksiyalanishi hamda aortaning faqat o’ng yoyi saqlanib 
qolganligi bilan bog’liq. 
Yurak yupqa devorli yurak oldi xaltasi bilan o’ralgan, u to’rt qismdan ikkita 


yurak bo’lmasi va qalin devorli ikkita yurak qorinchasidan iborat. Shunga ko’ra 
qushlarda ham sutemizuvchilardagidek ikkita: o’ng – venoz va chap – arterial yurak 
bor deb aytiladi. 
Arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o’ng yoyi chiqqan zahoti 
undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So’ngra aorta o’ng tomonga egilib, 
umurtqa pog’onasiga yetgach, dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo’naladi va 
undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg’aza bo’limida orqa aorta yirik–
yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va kichikroq dum arteriyasi 
shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo’yinning yon tomonlariga yetgach, 
umumiy uyqu. o’mrov osti va ko’krak arteriyalariga bo’linadi. Yurakning o’ng 
qorinchasidan umumiy o’pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o’ng o’pkalarga 
venoz qonni olib boruvchi ikkita o’pka arteriyalariga tarmoqlanadi. 
Gavdaning oldingi tomonidan kelgan venoz qon oldingi yo’g’on yoki ustki 
kovak vena deb ataluvchi qon tomirlarda yig’ilib, o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi. 
Oldingi kovak venalar uchta asosiy qon tomirlarining, ya’ni boshdan qon 
olib keluvchi oldingi kardinal venalar, qanotlardan qon olib keluvchi o’mrov osti 
venalari va katta ko’krak muskullaridan qon olib keluvchi ko’krak venalarining 
qo’shilishidan vujudga keladi. 
Gavdaning orqa qismidan keladigan qon yurakka tubandagicha quyiladi. 
Kichkinagina dum venasidan qon ikkita buyrak qopqa venalariga quyiladi. Biroq 
hamma buyrak qopqa sistemasida mayda kapillyarlarga bo’linmasdan, ularning bir 
qismi buyrakdan qon tomirlari orqali o’tadi. Bu qon tomirlari buyrakdan chiqishi 
bilan orqa oyoqlardan qon olib ketayotgan son venalariga qo’shilib, juft yonbosh 
venani hosil qiladi. Yonbosh venalari bir–biriga qo’shilib, orqa kovak venani yuzaga 
keltiradi. Ichki organlardan qon toq jigar qopqa venasiga qo’shiladigan figastel ichak 
tutgich venasiga yig’iladi (bu vena qushlar uchun juda xaraktcrlidir). Ichak 
tutgichdan venoz qonni olib keluvchi ichak usti venasi ichak tutgich vena bilan 
qo’shilib, 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin