O’ zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi
3.2. Korxonalarda atrof - muhitining meterologik sharoitlari. Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh
nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish
binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga
chiqib ketadi, qolgan ikkinchi bir qismi aniq issiqlik bino havosini qizishiga
sababchi bo’ladi.
Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi,
yengillashadi va yuqoriga ko’tariladi, uning o’rnini esa undan sal og’irroq sovuq
havo egallaydi, o’z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga
ko’tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo’lgani uchun faqat issiq
jismlar atrofidagi havo issib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma
eridagi havo isiydi.
Ishlab chiqarish binolarining texnologik jarayoni havoning namligiga katta
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Suv va suvli eritmalar bilan ishlov berish usullaridan
foydalaniladigan paytlarda havo namligi yanada oshib ketadi. Ayniqsa ular isitilsa
yoki qaynatiladigan bo’lsa va ulardan chiqadigan bug’ tepaga to’siqsiz ko’tarilib
ketsa havoning nisbiy namligi 80-90% va hatto 100%ga etishi mumkin. Bunday
havoning qo’shimcha suvni qabul qilish xususiyati juda cheklangan bo’ladi yoki
tamoman yo’qoladi [10].
3.3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari. Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga
qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun
ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Og’ir jismoniy ishlar (111 kategoriya)-muntazam jismoniy zo’riqish xususan
og’ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va
ko’tarish bilan bog’liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293
J.S) dan yuqori bo’ladi. Bunday ishlar temirchilik,kuyuv va boshqa qator sexlarda
bajariladi [12].
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorlar ko’rinishida normalanadi. Risoladagi
miqdorlar deganda odamga uzoq muddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi
muhitga moslashuv reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal
faoliyatini va issiklik holatini saqlashini ta’minlaydigan miqroiqlim
ko’rsatgichlarining yiqindisi tushunilib,ular issiqlik sezish mo’’tadilligini vujudga
keltiradiva ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan mikroiqlim sharoitlari-organizmning faoliyatini va
issiqlik holatdagi o’zgarishlarini,fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga
chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf
etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim ko’rsatgichlarining yig’indisidir.
Bunda sog’liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi,biroq nomo’’tadil issiqlik
sezgilari, kafiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi
mumkin. 1,2,3 jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar
ta’minlanishi lozim, ular havoni mutadillashtirishda ham majburiydir [10].