Uyqu.
Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim vazifadir. Uyqu
miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur boMgan kuch-quvvalni
tiklaydi.
CHuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining, organizm
charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxiasa. uyquga
to’ymasa nerv sistemasi faoliyatining buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez
qo'zg'aluvchi bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Sunday bolalarning uyqu
tormozlanishi chuqur normal uyquni ta'minlay olmaydi. SHunda buiday bolalar
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg’onib ketaveradi. Bola qanchalik yomon
uxiasa, uning axioq normasi, o'zaro munosabati, muomalasi shuhcha yomonlashadi,
bunday hoini biz injiqlik deb tushunamiz. YAxshi uyqu bolaning sog’lomligidan
darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo’lgan
sutkalik
rejimni hayotining birinchi kunidan boshlab to’g’ri tashkil etishidir. Bola tez
va
yaxshi uxlashi uchun
qerakli shart-sharoit yaratish, uyg’oqlik vaqtida
faollashtiruvchi har xil harakatlarni tashkil etish kerak.
Bola yaxshi uxlashining asosiy shartjaridan biri hayotining birinchi oyidan
boshlab uni toza havoda uxlatishdir. Kislorodga to'ygan qon butun organizmdagi
nerv hujayralarining tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yoshgacha bo’lgan
bolalarni toza havoda uxiatish, sayr qildirish nihoyatda zarurdir.
Agar bola yaxshi uxiasa, tetik, quvnoq
boMib
uyg’onadi va hafsala bilan
kiyina boshlaydi.
»
Dostları ilə paylaş: