g‘oyalarini katta qiziqish bilan o'rganar edilar. Ular orasida
Erazm Rotterdamskiy1 gumanizm g'oyalariga sadoqati bilan alo-
hida ajralib turar edi.
XVI asrning boshlariga kelib, Erazm Rotterdamskiy butun
Yevropada avj olgan insonparvarlik harakatining yo'lboshchisi
darajasiga ko'tarildi. Uning obro‘-e’tibori shu qadr qudratli ediki,
Muqaddas Rim imperiyasi imperatori va Ispaniya qiroli Karl V,
uning raqibi Fransiya qiroli Fransisk I, Angliya qiroli Genrix
VIII, Rim papalari uning nazariga tushishga intilardilar. Hatto
Rim papasi Pavel III Erazm Rotterdamskiyga kardinallik man-
tiyasini ham taklif etgandi.
Erazm Rotterdamskiy o ‘z ijtimoiy-falsafiy qarashlarini 1501—
1503-yillarda yozilgan «Xristian jangchisi uchun qo‘llanma» nomli
asarida izhor etgandi. 0 ‘z ta ’limotini u «Iso falsafasi», deb
ataydi. Albatta, bu termin Erazmga qadar ham qo‘llanilgan,
biroq u «Iso falsafasi» tushunchasiga yangicha mazmun ato etdi.
Erazm Rotterdamskiyning mulohazalariga qaraganda, Iso falsa-
fasida o‘z ifodasini topgan xristian madaniyati qadimgi yunon-
lar va rimliklarning majusiy madaniyatidan quwat oladi. Italyan
gumanistlaridan farqli o ‘Iaroq, qudratli intellektual salohiyatga
ega bo‘lgan Erazm o'zining gumanistik qarashlarini ajoyib va
inkor etib bo‘lmaydigan dalillar asosida bayon qiladi. Xristian
madaniyatini qadimgi zamon madaniyatining hosilasi sifatida
talqin etgan Erazm Suqrotni Iso qatoriga qo‘yadi.
Erazm Rotterdamskiy o‘z ta’limotida xristian dinining axlo-
qiy mazmunini kengroq yoritishga va uning dogmatik tomonini
inkor etishga intiladi. Xristian jangchisining mijozi axloqiy
mazmun bilan to‘lib toshgan. Uning e’tiqodi hamisha aqlidan
ustun turadi. Aytaylik, u ruhning o‘lmasligini aql bilan ilg‘ab,
tushunib ololmasada, unga qat’iy ishonadi. Ana shu ishonch uni
turli gunohlardan saqlanishga undaydi. Insonning mijozi axloqiy
mazmun bilan to ‘lib-toshgan ekan, xristian g‘oyalari har bir
Dostları ilə paylaş: