40
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish, dastur yaratishda obyektga
mo‘ljallangan modellarni yaratishga asoslangan.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish deganda biz:
dasturiy
sistemalarni
yaratishdagi
obyektga
mo‘ljallangan
metodologiyani;
bu texnologiyani qo‘llovchi instrumental vositalarni tushunamiz.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlar yaratish dasturiy vositalarni yaratishning
hayotiy tsiklining birinchi boskichidayok qo‘llanilishi mumkin va u dasturlash
tillariga bog‘lik emas. Yaratish jarayonida obyektlar-bu formal konstruktsiyalar
bo‘lib (masalan, burchaklari yoydan tashkil topgan to‘rtburchaklar) ularni obyektlar
aks ettiradi. Obyektga mo‘ljallangan dasturlash yaratish demak obyektga
mo‘ljallangan metodologiyani(texnologiyani) qo‘llashga asoslangan.
Obyektga
mo‘ljallangan
dasturlash
tillariga
oxirgi
vaqtlarda
juda
ommaviylashgan dasturlash tillari kiradi. Bular quyidagilar: C++, Visual C++, Visual
Basic.NET, Java va boshqalar. C++ eng ko‘p tarqalgan obyektga mo‘ljallangan
dasturlash tillariga kiradi.
Obyektga mo‘ljallangan dasturlashda dastur obyektlarni va ularning
xususiyatlarini(atributlarini) va ularni birlashtiruvchi sinflarni tavsiflashga olib
kelinadi. Shu jumladan obyektlar ustida operatsiyalar (usullar) aniqlashga olib
kelinadi.
Atributlar va usullarni tadqiq qilish asosida bazaviy sinflar va ularning
hosilalarini yaratish imkoniyati to‘g‘iladi.
Dostları ilə paylaş: