qilinadigan ishlar. Bunga tumanlarni tuzish va tugatish, Qoraqalpog‘iston
poytaxtini belgilash va ko‘chirishni kiritish mumkin.
Ikkinchisi, hech kimning roziligini olmay, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan
mustaqil hal qilinadigan ishlar, bular:
- ovullarni tuzish va tugatish;
- tum an chegaralarini o‘zgartirish;
- ovullarning chegarasini o‘zgartirish;
- ovullarning m a’muriy markazlarini belgilash, ko‘chirish;
- shaharlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvi turkumiga kiritish;
- shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish, shaharchalarning
chegaralarini belgilash va kengaytirish;
- tumanlar, shaharlar, ovullarga nom berish, ularning nomini o‘zgartirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat Qoraqalpog‘istonning
roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan, Oliy Majlis tomonidan
o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: