4
dehqonlar yer egalik qilish xissini yo‟qota boshlaganliklari asrlar davomida ishlab
chiqilgan va mustahkamlangan mehnatsevarlik hislatlarini so‟nishiga sabab va
oqibatlarini tahlil qilishga e‟tibor qaratdim. Eng asosiysi tarixdan ma‟lumki,
ommaviy jamoalashtirish “Yuqoridan qilingan inqilob”dan meros bo‟lib qolgan eng
og‟ir kulfat bo‟lib, yerning haqiqiy egasini yo‟qolishiga va mehnatkash insonlarning
ommaviy jamoalashtirish davridagi muammolarining asl sabablarini va oqibatlarini
chuqurroq ilmiy tahlil etish keyingi ilmiy izlanishlarimda e‟tibor qaratishni lozim
topdim. Chunki ommaviy jamoalashtirish davrida tuzumga bo‟lgan xalq noroziliklari
begunoh insonlarning o‟zga yurtlarga qatag‟on qilinishi natijasida xalqimizning o‟z
mehnatiga va kasbiy mahoratiga munosabatlarining susaya borish holatlariga sabab
bo‟lgan omillar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‟lib qolmoqda.
Yuqoridagi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‟lgan sabablardan biri hukmron
mafkura va fanning partiyaviyligi hisoblanib, bu jarayonning mazmun-mohiyatini
qayta ko‟rib chiqish davr talabi bo‟lib qolmoqda.
Umuman, 60 yosh - insonning hayoti davomidagi ortga bir nazar soladigan yosh
shekilli. Bugun menda ilmiy ishlarimni bir tartibga solib, ularni qaytadan ko‟rib
chiqishga ehtiyoj paydo bo‟ldi. Aynan shu sabab, ushbu kitobni sizlarning
e‟tiboringizga havola etishga jazm qildim.
Dostları ilə paylaş: