partiya qo„mitasi hujjatlarida,
77
shuningdek 1930-yil 7-fevralda bo„lib o„tgan
yangiyo„l tuman faollarining yig„ilishida soxta kollektivlashtirish va quloq qilish
to„g„risida Alimov, Yo„ldoshev, Bakuns, Nazarovlarning fikr mulohazalarini tahlil
qilar ekanmiz, ular yoppasiga kollektivlashtirish va quloq qilish viloyat rahbarlari
tomonidan yetarli darajada puxta borilmaganligi, jumladan, Mirzacho„l, Yangiyo„l
rayonlarida quloqlarning ijtimoiy guruhini aniqlash davrida jiddiy xatoliklarga yo„l
qo„yilganligi, o„rtaxol va batraklarning mol-mulklarini tortib olish va tintuv
o„tkazishgacha borib yetganlari ma'lum bo„ldi. Xatto quloq qilish masalasi kambag„al
va o„rtaxol dehqonlarning yig„ilishida olib borilishi haqidagi ko„rsatma inobatga
olinmaganligi aniqlandi.³ Arxiv hujjatlariga asoslanadigan bo„lsak, hammasi bo„lib
1930-yil O„zbekiston bo„yicha 2648 ta xo„jalik quloqlar sifatida tugatilgan.¹ Ularga
qarashli katta qismdagi chorva, mehnat qurollari, yer maydonlari kolxozlarning
bo„linmas fondiga o„tkazilib, uy-joylari ham musodara qilingan. 1931-yil 9-
fevralidagi ma'lumotga ko„ra O„zbekiston bo„yicha kolxozlardan 4910 kishi
chiqarildi.
78
Quloqlarni sinf sifatida tugatish davrida butun boshli qishloqlarni
ko„chirib yuborish, hamda odamlarni jismoniy yo„q qilish ommaviy tus oldi. Shu
paytgacha, bu xodisa arxiv hujjatlarida mavjud bo„lsa ham haqiqat yuzini ko„rmadi.
77
ТошкентВДА.Ф-25,рўйхат-1,120-йиғма жилд,61-варақ.
78
Уз РМДА.Ф-837,оп-9,д.409,27-28 варақлар.
56
Oqibatda turlicha talqin qilinib kelindi. Birgina Toshkent viloyati bo„yicha
ma'lumotlarni ko„radigan bo„lsak, Toshkent tumanidan 1931-yilda Chochtepadan 6
ta, Qibraydan 21 ta, Tuzeldan 2 ta, Qoratoldan 1 ta, Yvarikdan 1 ta, Qorasuvdan 7 ta,
Chuvalachidan 4 ta, Oq-qovoqdan 5 ta, Ochildan 10 ta, Nazarbekdan 4 ta, Qo„yliqdan
10 ta , Sogbondan 7 ta, Erkindan 3 ta , Qizil O„zbekistondan 7 ta, Chinoboddan 5 ta ,
Durmondan 14 ta, Niyozbekdan 2 ta , Qizil Tuyadan 7 ta kishi qo„shimcha quloq
qilinib, o„zlari yashab turgan yerlaridan birinchi kategoriya quloq sifatida badarg„a
qilingan.
79
Bundan tashqari O„zKP (b) MK O„rta Osiyo byurosi tomonidan qayd
qilinadiki, ko„p hollarda quloq qilish tintuv , mol-mulkni tortib olish orqali amalga
oshirilgan. Vaholanki, quloqdan faqat ishlab chiqarish qurollarini olish ko„rsatilgan
edi, xolos.
⁴
Ko„p hollarda ko„rsatma noto„g„ri berilgan va uning oqibatida quloq
xo„jaliklarining hammasini teng ko„chirish hollari yuz bergan. Demak, quloqlarni
ko„chirish rejasi ishlab chiqilmagan, bunga respublikamizda zaruriyatning o„zi yo‟q
edi. Lekin O„zbekistondan boshqa rayonlarga aholini ko„chirib yuborish aytarli
darajada xolisona o„rganilmagan holda ketdi. Eng achinarlisi shuki, quloqlar tarkibini
aniqlash paytida kambag„al, o„rtaxollar oilalari shu toifaga kiritildi. Moliya
bo„limidan berilgan ro„yxat asosida ish ko„rilishi tufayli nojo„ya quloq qilish hollari
yuz berdi. Masalan, O„zSSR moliya qo„mitasining ma'lumotiga ko„ra 1929-30
yillarda respublikamizning 10 ta okrugi bo„yicha yakka tartibda soliq to„lovchilar
soni 13131 xo„jalik bo„lib, shulardan 1501 tasi quloq xo„jaliklari deb hisoblangan va
chekka o„lkalarga surgun qilingan.
80
Aslida VKP (b) MK O„rta Osiyo byurosi va O„zKP (b) MK tomonidan ishlab
chiqilgan asossiz qarorga ko„ra, quyidagi belgilarga qarab oilalar quloq qilinishi
kerak edi: a) shaxsiy mulkdorligiga qarab; b) xo„jalik agar saylovda ishtirok etishdan
mahrum etilgan xamda unda ekspluatatorlik belgilari bo„lsa. Shuning uchun joylarda
shu toifaga kirganlarni boshqalar bilan almashtirib yubormaslik lozimligi to„g„risida
aniq ko„rsatma berilgan bo„lsada, ammo bu ko„rsatmani amalda qo„llashda qo„pol
79
Тошкент ВДА.Ф-25,рўйхат-1,132-йиғма жилд,183-варақ.
80
Коллективизация сельского хозяйство в республиках средней Азии и Казахистана: опыт ипроблемы.-Алма-
Ата,Гылым,1990.141-ст.
57
xatolarga yo„l qo„yildi va talay vaqt davom etdi. Masalan, Toshkent okrugi Toshkent
tumandan ro„yxatga olingan quloq xo„jaliklaridan bir guruhi Bezvodniy qishlog„iga
ko„chirildi. Ularning umumiy holati quyidagicha edi:
81
X
o„
ja
li
k
s
o
n
i
A
x
o
li
s
o
n
i
E
rk
ak
lar
A
y
o
ll
ar
Pax
ta
ma
y
d
o
n
i
Bo
sh
q
a
ek
in
lar
Q
o
ram
o
l
Si
g
ir
U
sh
o
q
m
o
ll
ar
U
y
lar
s
o
n
i
O
li
b
q
o„
y
il
g
an
mu
lk
107
529
148
147
400
ga
60
ga
11
ta
34
ta
26
ta
69
ta
37543
so„m
50 t.
Natijada, mahalliy aholi o„rtasida norozilik, qarshilik alomatlari kelib chiqishiga
sabab bo„ldi. 1930- yilda Toshkent rayon siyosiy komissiyasi tomonidan quloq
qilinib, ro„yxatga olingan hamda birinchi kategoriya guruhiga kiritilib, Ukrainaga
ko„chirib yuborilgan mahalliy aholi ro„yxatini keltirish orqali, respublika miqyosidan
chetga ko„chirish oddiy bir xol bo„lib qolganligini ko„rishimiz mumkin:
X
o
„j
al
ik
s
o
n
i
A
x
o
li
s
o
n
i
E
rk
ak
lar
A
y
o
ll
ar
Pax
tama
y
d
o
n
i
Bo
sh
q
a
ek
in
lar
Ch
o
rv
a
so
n
i
Si
g
ir
May
d
a
m
o
ll
ar
Q
o
„y
l
ar
T
o
rt
ib
o
li
n
g
an
mu
lk
254
3275 624
628 700,
35ga
132,5
ga
145
ta
112
ta
187
ta
147
ta
175
Ming
919
so„m
Dostları ilə paylaş: |