O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


I BOB. MILIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

I BOB. MILIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI 
 
Milliy qadriyatdan umuminsoniy qadriyatga aylanib bugun 
jahon nigohini o‘ziga mahliyo etgan kurash ma’naviy qadriyat va 
sport turi sifatida o‘zining chuqur tarixiga ega. 
Tarixshunos, qadimshunos, elshunos va faylasuf olimlarning 
olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari, 
kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurashning yoshi 
kamida 2,5-3 ming yildan ziyod ekanligini tasdiqlaydi
1

IV asrda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil 
akrobat-dorbozlar juda mashhur bo‘lgan. Epchil, jismoniy jihatdan 
juda chiniqqan dorbozlar, chig‘iriqchi simbozlar Yunoniston, 
Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o‘zlarining ajoyib va 
xatarli o‘yinlarini qiziqchi va masxarabozlarning o‘tkir satira va kulgi 
bilan sug‘orilgan turli sirk sahnalari, o‘qdek uchadigan muallaqchilar 
va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o‘yinlari, hukkachi 
va yog‘och oyoqlarning jo‘shqin raqslar va ot o‘yinlarni chuqur 
ma’noli so‘zlari va baytlarini sozandalarning bu o‘yinlarga 
moslangan mashqlarini ko‘z-ko‘z qilganlar. Qadim zamonlarda 
jamoa jismoniy tarbiya sohasida o‘z davrlari zimmasiga ma’lum 
majburiyatlar yuklagan. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak 
bo‘ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, qat’iylik va jasurlik 
kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishlari shart bo‘lgan. 
“Oynoma”da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sosoniylar davrida 
zodagonlarning bolalari 6 yoshgacha ota-onalarining uyida yashagan, 
7 yoshga yetgandan keyin davlat tarbiyasiga o‘tkazilib, hukmdorlar 
ixtiyorida bo‘lgan maxsus maktablarga joylashtirilgan va 19 yoshga 
yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko‘rgan. O‘z bilimi va 
bahodirligi bilan mashhur bo‘lgan kishilar shu maktablarda 
murabbiylik vazifasini o‘taganlar. Eng muhimi ushbu maktablarda 
bolalarni jismoniy tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan
2

Buyuk alloma Ibn Sino badantarbiyani ikkiga bo‘ladi. Birinchi 
turi, bu odamning ish jarayonida qiladigan harakatlari, ikkinchisi esa 
maxsus badantarbiya harakatlari. Besh jilddan iborat “Al-qonun”da 
kishi tanasi tuzilishining tavsifi kasalliklar etimologiyasi sog‘lom 
hayot kechirish haqida ta’limot, kasalliklarni tabiat kuchlari va dori-
darmonlar bilan davolashga doir ko‘rsatmalar berilagan. Ibn Sinoning 
1
K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. 2005 y. 
2
A.Atoyev. Kurash. 1987 y. 



profilaktikaga doir ko‘rsatmalari haqidagi fikri alohida ahamiyatga 
ega. U odamlarning uzoq umr ko‘rishlari haqida g‘amxo‘rlik qilib, 
ularga butun hayoti davomida sog‘lom yashash va sog‘liqni 
mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan tartibni o‘rgatadi. U yosh va 
sog‘liqqa mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish, me’yori bilan 
ovqatlanish va suyuq narsalar iste’mol qilish, tanani toza tutish, 
shuningdek jismoniy mashqlarni bajarish uzoq umr ko‘rish vositalari 
deb hisoblaydi. Ibn Sino turli mashqlar orasida me’yori bilan uzoq va 
tez yurish, kurash tushish va ot minishni alohida ta’kidlagan. Ibn 
Sinoning fikricha, mashqlardan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad qon 
aylanishini, nafas olishni va organizmdagi moddalar almashinuvini 
yaxshilashdan iboratdir. 
Sharq adabiyoti durdonalari hisoblanmish “Shohnoma”, 
“Qobusnoma”, “Zafarnoma”, “Boburnoma” singari asarlarda ham 
polvonlari siyrati-yu qiyofasiga oid yorqin chizgilar, ularni ma’naviy 
olamini bezovchi serjilo rangli tasvirlar va ta‘riflar keltirilgan. 
Alisher Navoiy hazratlari ham kurashdan, uning dovrug‘ini 
yetti iqlimga taratgan polvonlar bahsidan huzurlangan. Shu bois 
ko‘plab asarlarda pahlavonlar hayoti va faoliyatiga oid ajoyib-
g‘aroyib voqealar, lavhalarni yozib qoldirgan. Polvonzodalarga 
bag‘ishlangan maxsus “Holoti Pahlavon Muhammad” (tarjimayi hol 
asari) da daho ijodkor, o‘z davrining tengsiz polvonzodasi Pahlavon 
Muhammad kurash san’atidan tashqari diniy va dunyoviy ilmlarni, 
jumladan, astronomiya va matematika, kimyo va falsafa, 
adabiyotshunoslik va san’atshunoslik, huquqshunoslik va boshqa 
bilimlarni mukammal egallaganini aytib o‘tgan. “Chorgoh”, “Segoh’, 
“Panjgoh” singari mashhur kuylar sho‘balarini yaratgani, xususan, 
sher san’ati bobida ham yuksak tab va bilimga ega ekanligini alohida 
ta’kidlagan. Kurash tushushni kanda qilmagan buyuk polvon va 
bahodir Pahlavon Muhammad she’rni nozik tushunganidan o‘sha 
davr shoirlari yangi asarlarni avvalo, ul zotga ko‘rsatib, maslahat 
olishga oshiqar ekanlar. Pahlavon Muhammad yetuk tabib ham 
bo‘lgan. Zamonasining mashhur tabiblari Mavlono Qutbiy, Mavlono 
A’loulmulk va Mavlono Abdusalomlar bilan tibbiyot masalalari 
yuzasida bahs yuritar va tabiblar polvonzodaning muolaja usullarini 
o‘z asarlariga tabiiyki, amaliyotga kiritar ekanlar. Pahlavon 
Muhammadning odobi, saxiyligi, beozorligi, sofdilligi, mardligi
mehmonnavozligi, halolligi polvonlarga xos bo‘lgan ulug‘ xislatlar 
ekanligini qayd etgan. 



O‘z zamonasida qudratli saltanat qurgan Amir Temur buyuk 
davlat arbobi, ma’rifatparvar hukmdor, salohiyatli sarkarda bo‘lib 
qolmasdan, ayni vaqtda kurash ilmi hadisini mukammal egallagan 
kuchli polvonsifat inson ham bo‘lgan. Shuning uchun u mamlakatda 
yoshlarni chiniqtirish, vatanni sevuvchi, yurt xizmatiga kamarbasta, 
yetuk shaxslar qilib voyaga yetkazishda kurashning tutgan o‘rniga 
katta ahamiyat bergan. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida va 
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida esa Sohibqiron 
Amir Temur davridagi pahlavon Bobohoki (asli Afg‘oniston 
shimolidagi Shibirg‘on viloyatidan) Uchqora Bahodir (asli Navoiy 
viloyatining Xatirchi tumanidan), Abbos Usmon Joloyir (asli Buxoro 
viloyatining Qorako‘l tumanidan) singari yuzlab benazr o‘zbek 
polvonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. 
Qadimiy Sug‘diyona markazi bo‘lgan Samarqandda Navro‘z 
bayrami har doim xalq tomoshalari bilan o‘tgan. Bularda xalq, san’at 
vakillari, baxshilar, xonandalar, hofizlar, dorbozlar, raqqoslar o‘z 
san’atini namoyon qilishgan. Bu bayramlarda xalq, dorbozlarning 
chiqishi va ayniqsa, poygani zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishgan. 
Lekin har bir bayram kurashsiz o‘tmagan. Musobaqalar natijasida har 
yili kurashchilardan biri Sug‘diyona polvoni nomini olgan. 
Bayramlarda ushbu polvon obro‘li joyda o‘tirgan va kurash tushishni 
istagan har kishini bellashuvga chaqirgan. Odatda talabgorlar ko‘p 
bo‘lgan. Ba’zi vaqtlarda asosiy polvon va kuchiga ko‘ra unga 
munosib raqiblar o‘rtasidagi kurash, hatto, bir necha kun davom 
etgan. Kurashda o‘z raqibini yenggan polvon kelgusi yil g‘olibi 
hisoblangan. Bundan tashqari Samarqandda Qurbon hayit bayrami 
kunlarida doimo kurash bellashuvlari o‘tkazilgan va u ko‘p 
tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar 
mavjud. 
Xalq og‘zaki ijodida ham kurash sporti to‘g‘risida qimmatli 
ma’lumotlar berilgan. Ushbu turdagi manbalardan o‘tmishda 
kurashning mavjudligini emas, balki uning xususiyatlari, kurash 
sharti va texnikasi to‘g‘risida ham ma’lumotlarni olishimiz mumkin. 
Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, Xirs polvon 
“qoqma” deb nomlangan usulni qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham 
kurashchilar bu usuldan foydalanadilar. Faqatgina bu usul bugungi 
kunda “supurma” usuli deb nomlanadi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari 
orasida “Alpomish” dostoni alohida o‘rin egallaydi. Dostonda 
polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, 
botirlik kurashish usullarini qo‘llay bilish sohasida musobaqalashuvi 



badiiy shaklda tasvirlangan. Alpomishda tasvirlangan kurash 
manzarasidan kurashchilar maxsus kiyim va belbog‘iga ega 
bo‘lganligini, kurash vaqt jihatidan cheklanmaganini, raqibini 
belbog‘idan ushlab olish asosiy usul hisoblanganligini ko‘rish 
mumkin. 
Mo‘minjon Muhammadjonovning “Turmush urunishlari” 
nomli kitobida yerli xalq kurashni qanday sevganligi haqida shunday 
ma’lumot berilgan. Toshkentning Chaqar mahallasida yashab o‘tgan 
Ahmad pahlavon Tolipboy o‘g‘lining O‘rta Osiyoda kurashib, 
yiqitmagan pahlavoni qolmagan edi. Shu vaqtlarda 1895 yillarda 
butun jahonga mashhur bo‘lgan nemis pahlavoni Reppel Toshkentga 
kelib, sirkda o‘z pahlavonligini ko‘rsatib hamma tomoshabinlarni 
qoyil qilib yurgan. Uning og‘irligi 8.5 funt 133 kg bo‘lib, 8 pudlik 
cho‘yanni ikki qo‘li bilan, olti pudlik cho‘yanni kifti bilan ko‘tarar 
edi. Shu pahlavon Ahmad pahlavonning dovrug‘ini eshitib, u bilan 
kurash tushmoqqa jazm qilgan. Yigirma sakkiz yoshli Ahmad 
pahlavon kim yiqilib mayib bo‘lsa, o‘z gardaniga degan shart bilan 
kurashga rozi bo‘lgan. O‘sha kuni sirk tomoshabin bilan to‘lib 
ketgan. Ikkala pahlavon bellashib Ahmad pahlavon Reppelni 
charxpalak qilib yerga yiqitadi. Shundan keyin Ahmad pahlavonning 
shuhrati yana ortadi. Keltirilgan misollardan shu narsa ayon bo‘ldiki, 
demak, bundan ming yillar avval ham O‘zbekiston hududida usullar 
tasnifi va tizimi yetarlicha rivojlangan va aniq shakllangan kurash 
mavjud bo‘lgan, o‘sha vaqtlardayoq kurashning ikki turi tarkib 
topgan, raqibining belidan oldindan qoida bo‘yicha ushlab olish, 
raqibni ixtiyoriy ushlab olish. Birinchi holda ham, ikkinchi holda 
ham raqib oyog‘ini qo‘l bilan ushlash man etilgan. Kurashning bu 
ikki turi texnik jihatdan hozirgi kurash va belbog‘li kurashga 
o‘xshaydi. 
O‘zbek xalqi qadimdan kurashni insonni jismoniy tarbiyalash 
vositasi deb qaragan. Xalq o‘zida kuchlilikni, chidamlilikni, iroda va 
botirlikni mehnatkash xalqning axloqiy sofligini mujassamlashtirgan 
kurashchi-polvonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Diniy va 
oilaviy bayramlarda, ba’zan esa odatdagi kunlarda ishdan bo‘sh 
vaqtlarda kurash musobaqalari o‘tkazilgan. Bu musobaqalar Navro‘z 
bayrami kunlari keng avj olib, ommaviy xalq chempionati sifatida 
o‘tkazilgan. Bellashuvlarda turli shahar va qishloqlardan kelgan 
kurashchilar ishtirok etgan. Kurashchilar juftini tanlashda ularning 
vazni ko‘z bilan chamalab aniqlangan. Bellashuv oldidan 
kurashchilar oyoq-qo‘llar chigilini yozish mashqlari sifatida gavdani 



uqalash, silash kabi mashqlarni qo‘llaganlar. Kurashchilar an’anaviy 
kiyimda musobaqalashgan. Farg‘ona qoidasi bo‘yicha kurashuvchilar 
paxtali choponda, Buxoro qoidasi bo‘yicha kurashuvchilar esa 
paxtasiz avra to‘n kiyib kurashganlar. Ikkala kurashda ham 
kurashchilarning bellari belbog‘ bilan bog‘langan. Kurashuvchilar 
ba’zan 
mahsi 
kiyib, 
asosan, 
oyoqyalang 
kurashishgan. 
Kurashuvchilarning bunday kiyinishi hozirgi kungacha saqlanib 
qolgan. 
O‘tmishda Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, 
Surxandaryo, Jizzax viloyatlari va Qaraqalpog‘iston Avtonom 
respublikasi hududlarida Buxorocha kurash yaniy Kurash, Farg‘ona 
vodiysi, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hududlarida Farg‘onacha 
kurash ya’ni Belbog‘li kurash rasm bo‘lgan. 
O‘zbekiston tarixiy pahlavonlarini uch katta guruhga ajratish 
mumkin: 
1) Sipohi (bahodir) pahlavonlar - kurash tushishgan va jang 
qilishgan (masalan, pahlavon Bobohoki); 
2) Go‘shtingir (kurashchi) pahlavonlar - faqat kurash 
tushishgan, ilm-ma’rifat va badiiy ijod bilan shug‘ullanishgan, 
tasavvuf tariqatiga mansub bo‘lishgan (Pahlavon Mahmud va 
Pahlavon Muhammad kabilar); 
3) Ustoz pahlavonlar - kurash tushishmagan, jang qilishmagan, 
ammo yuzlab polvon shogirdlarni tarbiyalashgan (Usulliqota, 
Cho‘qurdamota kabilar). 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin