Nutq Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/5
tarix05.06.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#60685
1   2   3   4   5
18.2-����� ���

Tashqi nutq
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladigan nutqdir.
Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir.
Tashqi nutqning o’zi ham og`zaki va yozma nutqqa bo’linadi.
Og`zaki nutq
Og`zaki nutq - boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun mo’ljallangan «tovushli» nutqdir. SHu sababli, odatda, og`zaki nutq ovoz bilan va (ba`zan) shivirlab aytiladi. Og`zaki nutq vaqtida, odatda, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi.
Og`zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar o’rtasida bo’ladi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok etishi ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi, savollar berib turishi, so’z tashlab turishidan iborat bo’ladi suhbatdoshlar gapirayotgan kishining fikriga e`tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o’zlarining rozi bo’lganliklarini izhor qiladilar, yoxud shu fikrni kengaytiradilar.
Suhbatdoshlarning og`zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay darajada bo’lishiga qarab, og`zaki nutq ikki shaklga bo’linadi. Bularning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi.
Ikki yoki ko’p suhbatdosh o’rtasidagi gaplashish tariqasida bo’ladigan nutq dialog deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradilar - biri so’zaydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar, javob beradilar.
Odam bitta o’zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monolog deb ataladi. Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi joylarda so’zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir.
Og`zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo’ladi. Gapirayotgan kishi so’z va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og`ziga kelganicha so’zlashsa, bu holda nutq ixtiyorsiz nutq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z so’zlari uchun alohida mas`uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega bo’lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo’lib qoladi. Masalan, o’quvchining o’z o’qituvchisi bilan gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim boigan so’zlarni tanlab, joy-joyiga qo’yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi.
Dialog - ikki yoki bir necha odam o’rtasida bo’ladigan gapdir, bunda suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bog`lanadi, ulanib ketadi, ya`ni gaplashib turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e`tiroz qilib gapni ulab, davom ettiradilar. SHuning uchun dialog ma`nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og`ir ko’chadi. Monolog - gapirayotgan kishidan juda ko’p diqqat-e`tibor berishni talab qiladi, gapirayotgan kishining faqat o’z nutqining mazmunigagina diqqat-e`tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema, tartib boiishiga ham riova qilishi lozim bo’ladi.
Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir.
Og``aki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o’z fikrlari ham o’ziga ravshan bo’lib qoladi.
YOzma nutq
YOzma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa bog`lash vositasi bo’lmasdan, balki, ko’pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan yoki turishi mumkin bo’lgan odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. Masalan, biz o’z do’stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib yuborgan xabarimizni u ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin, bir haftadan keyin, boshqa shaharda yoki boshqa qishloqda o’qib bilishi mumkin. Biz bundan yarim yil, bir yil, hatto bir necha o’n va yuz yil muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o’qib, shu kitoblardagi bilimlarni bilib olamiz.
YOzma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida bo’ladi. Masalan, ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy-adabiy asarlar dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba`zan oddiy maktublar ham dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozayotgan kishi uni o’qiydigan kishini tasavvur qilib, unga maktubda o’zi savollar beradi va shu savollarga o’zi javob qaytaradi.
Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng to’siq va mukammal nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida grammatika qoidalariga, og`zaki nutqdagiga qaraganda, ko’proq rioya qiladi. YOzma nutqda gap bo’laklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o’qigan kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. YOzma nutqning sintaksis jihatdan to’siq bo’lishi shuning uchun ham zarurki, og`zaki nutq uchun xarakterli bo’lgan mimika, imo-ishoralar, intonatsiyalar va boshqa shu kabi qo’shimcha elementlarni yozma nutqda ishlatib bo’lmaydi.
YOzma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo’ladi. Maktub, doklad, ma`ruzalar va boshqa shu kabilarni yozayotgan kishi so’zlarni ongli ravishda tanlaydi, gaplarni yaxshiroq qilib tuzishga intiladi. Ko’pincha o’z fikrlarimizni o’qiydigan kishilarga so’zlar vositasi bilan g`oyat ravshan va tushunarli qilib ifodalamoq uchun ancha-muncha kuch sarflashimiz lozim bo’ladi.
YOzma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. YOzma nutqda fikming mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko’yinib qoladi va fikrning o’zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib ifodalanadi. SHuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug`illanayotganimizda, biror masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilimlarni o’`lashtirayotganimizda ish natijasini yoki olgan bilimimizni ko’pincha, xatga yozib qo’yamiz, ba`zan esa bir necha marta ko’chirib yozamiz. SHu sababli, har xil yozma ishlar - hikoya qilib yozib berish, insho yozish, konspekt olish - tafakkurning o’qishi uchun katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin