2.
TEMIR VA UNING QOTISHMALARI.
QOTISHMALARNING HOLAT DIAGRAMMASI
2.1. Qotishmalar. Qotishmalaming holat diagrammasi
Ikki va undan ortiq elementni suyuqlantirish yoki boshqa usulda
olingan jism aralashmasi
qotishma
deyiladi.
Qotishmani tashkil etgan elementlar uning
komponentlari
deyiladi. Qotishmaning chegara sirtlari bilan o ‘ralgan bir jinsli qismi
faza
deb ataladi. Komponentlar soniga ko‘ra ikki yoki ko‘p
komponentli, fazalar soniga ko‘ra esa bir yoki ko‘p fazali qotishmalar
mavjud. Muvozanat holatda turgan fazalar majmuyi
sistema
deyiladi.
Sistemani tashkil etuvchi fazalar soniga xalal yetkazmay
o'zgartirilishi mumkin bo igan tashqi va ichki omillar (harorat, bosim
va tarkib) soni sistemaning
erkinlik darajasi
yoki
variantligi
deyiladi.
Muvozanat holatda turgan sistemaning fazalari, komponentlari
soni bilan erkinlik darajasi orasidagi bog‘anish
fazalar
yoki
Gibbs
qoidasi
deb ataladi va ushbu ko‘rinishda ifodalanadi:
C = K -F + 2
bu yerda, С - sistemaning erkinlik darajasi;
К -
sistemani tashkil etuvchi komponentlar soni;
F -
fazalar soni.
0 ‘zgarmas bosimda yuz beruvchi jarayonlar uchun sistemaning
erkinlik darajasi quyidagicha:
С =K -F + l
Metall suyuq holatda boiganda:
C = K - F + 2 = 1 - 1 + 1 = 1
Suyuq metall kristallanishi paytida:
29
C = K -F + 2 = l-2 + l = 0
Erkinlik darajasi nolga teng sistemalar
variantsiz,
birga teng
sistemalar
monovariantli
va ikkiga teng sistemalar
bivariantli
deyiladi.
Tashqi va ichki omillar o ‘zgartirilganda variantsiz sistema
fazalarining soni o ‘zgaradi, monovariantli sistemaning fazalari esa
o ‘zgarmaydi.
Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar o ‘zaro ta’sirlashganda
mexanik aralashma va qattiq eritma yoki kimyoviy birikma hosil
qilishi mumkin.
Aytaylik,
qotishma
ikki
(A
va
B)
komponentdan iborat bo‘lsin.
Bunda ikki holatni kuzatish mumkin.
Birinchi holatda komponentlar suyuq holda bir-birida cheksiz
erisa ham har biri alohida-alohida kristallanadi (2.1-rasm). Odatda,
bunday murakkab tuzilishga ega sistema
mexanik aralashma
deyiladi.
2.1-rasm. Elementlar ning alohida-alohida kristallanishi.
Ikkinchi holatda
A va. В
elementlar o ‘zaro ta’sirlashib bir xil
tarkibli qattiq eritma yoki kimyoviy birikma hosil qilishi mumkin.
A
komponentning elementar kristall panjarasida
В
komponentning
atomlari joylashishi
qattiq eritma
deyiladi (2.2-rasm).
Kristall panjara hosil qilgan
В
komponent erituvchi vazifasini
o ‘taydi. Kristall panjarada
В
komponentning ayrim atomlari
qatnashayotganligi uchun u
eruvchi modda
deb ataladi. Kristall
panjarada eruvchi
В
komponentning o ‘mini
A
erituvchi komponent
atomlari ham egallashi mumkin (2.2-rasm).
30
|