yuritiladi. Kulrang, bolg‘alanuvchan va juda puxta cho'yanlaming
tarkibida uglerodning juda ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni
grafit
tarzida boMadi.
Oq cho‘yanlar tuzilishiga va tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra
quyidagi turlarga boiinadi:
•evtektikadan oldingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 2,14-
4,3% bo‘lib, strukturasi perlit, sementit va ledeburitdan iborat;
•
evtektik cho'yan tarkibida uglerod miqdori 4,3% ni tashkil etib,
strukturasi ledeburitdan iborat (3.1-rasm);
•evtektikadan keyingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3-
6,67% bo‘lib, strukturasi birlamchi sementit
va ledeburitdan tashkil
topadi.
3.1-rasm. Evtektik oq cho‘yan strukturasi
Kulrang c h o ‘yanlar.
Kulrang cho‘yanlaming qolipga quyilish
xossasi yuqori bo'lganligi sababli, ular quymakorlik cho‘yanlari deb
ham yuritiladi. Metall asosining tuzilishiga ko‘ra, kulrang cho‘yanlar
quyidagicha ajratiladi:
• perlitli kulrang cho'yan;
• perlit-ferritli kulrang cho'yan;
• ferritli kulrang cho'yan.
46
Perlitli СЧ21, СЧ24, СЧ25, СЧЗО, СЧ35 kulrang cho‘yanlari
kuchli dastgohlarning staninasi,
mexanizmlari, porshen, silindr,
dvigatel bloklari, metallurgiya jihozlarining detallarini
ishlab
chiqarishda qoilaniladi.
Ferritli СЧ10, СЧ15, СЧ18 kulrang cho‘yanlari
poydevor
plitalari, qurilish ustunlari, qishloq xo‘jalik mashinalari,
dastgohlar,
avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqarishda qoilaniladi.
Markada СЧ-kulrang cho‘yan, birinchi ikkita son cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasini bildiradi.
B olg‘alanuvchan ch o ‘yanlar
oq cho‘yanni maxsus usulda
yumshatish orqali olinadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanda uglerod erkin
holatda-bodroqsimon grafit shaklida boiadi.
Ulaming plastikligi
kulrang cho‘yanlarnikiga nisbatan yuqori. Metall asosiga ko‘ra
bolg‘alanuvchan cho‘yan ferritli va perlitli b o iad i. Ferritli kulrang
cho‘yanning
plastik
xossalari
yuqori
boiganligi
sababli
mashinasozlikda keng ishlatiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yan olish
uchun ishlatiladigan oq cho‘yanning kimyoviy
tarkibi quyidagicha
boiadi:2,5-3,0% C, 0,7-1,5% Si, 0,3-1,0% M n'o,12% S, 0,18% P.
Yumshatish ikki bosqichda olib boriladi (3.2-rasm). Birinchi
bosqichda quymalar 950-970°C da ushlab turiladi. Bu davrda
ledeburit tarkibiga kiruvchi (Fe3C+A)
sementit parchalanadi va
muvozanat holatdagi A+S strukturasi hosil boiadi.
Dostları ilə paylaş: