North Atlantic Treaty Organisation (nato) Organisation du traité de



Yüklə 455,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix20.05.2023
ölçüsü455,71 Kb.
#118292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 5465411433950871797

Moskvaga urush boshlash niyatida
emasligimizni namoyish qilishimiz
zarur. Bizga mojaro kerak emas.
Lekin Rossiyadan qo’rqmaymiz.
Shuni ular tushunsin - degan Ayl.
[10]
Ekspertlar fikricha, Rossiyaning hozirgi
siyosati bir tarafdan G’arbning harbiy
qudratini o’rganishga, boshqa tarafdan
mamlakat ichida Putin obro’sini
oshirishga qaratilgan degan iddaolar
ilgari surilgan.Ammo harbiy tahdid jiddiy
emas, deya fikr bildirgan Xalqaro
strategik tadqiqotlar institutidan Duglas
Barri.


NATO yuzlashayotgani Sovet
davridagidek katta havo kuchlari
emas. Rossiya havo kuchlari undan
ancha kichik, salohiyati ham 1980-
yillardagi Sovet havo qo’shinlarinikiga
yetmaydi - degan u.
Shunga qaramay, sarmoyalar hajmining
oshgani Rossiyaga harbiy parvozlarni
ko’paytirishga yordam bergan. 2015-
yillarda Kreml qurolli kuchlarini
zamonaviylashtirishni rejalagan.
Bu Rossiya rahbariyatining ishtahasi
naqadar yuqoriligidan darak beradi, -
deya fikrini qayd etgan Barri.
Mutaxassislar fikricha, Rossiyaning
asosiy maqsadi NATOning yanada


kengayishiga chek qo’yish va hatto sobiq
kommunistik davlatlarni o’z ta’sir
doirasiga qaytarish deb hisoblashgan.
[10]
NATO rahbarining ta’kidlashicha, Sovuq
urush davri qaytgani yo’q, ammo
Rossiyaning harbiy harakatlari o’rtadagi
ishonchga putur yetkazishi mumkinligini
matbuot anjumanida bildirib
oʻtgan.Alyans tarqatgan ma’lumotga
ko’ra, o’tgan ikki kun ichida 20 dan ortiq
Rossiya harbiy samolyoti to’rt guruhga
bo’linib ittifoqning havo chegaralarini
kesib o’tgan.2014-yilning o’zida bunday
holatlar soni 100 dan oshgan. Bu esa
o’tgan yilgi ko’rsatkichdan uch barobar
ko’p demakligini mutaxasislar
taʼkidlashgan.2014-yilning mart oyida


Rossiya Qrimni o’z hududiga qo’shib
olgandan keyin Rossiya va NATO
aloqalari keskin sovuqlashgan. NATO,
shuningdek, Moskvani sharqiy
Ukrainadagi isyonchilarni qo’llab-
quvvatlayotganlikda ayblagan. NATO
so’zlovchisining aytishicha, Rossiya
samolyotlarini to’xtatish uchun
Norvegiya, Birlashgan Qirollik,
Portugaliya, Germaniya va Turkiyaga
qarashli qiruvchi samolyotlar havoga
ko’tarilgan. Bu noma’lum samolyotlar
NATO hududiga kirganda doim rioya
qilinadigan odatdagi tartib, deya bu
holatni izohlagan NATO rasmiysi.
NATOning sharqiy a’zolari, xususan,
Polsha va Boltiqbo’yi davlatlari, ayniqsa,


Rossiyaning harbiy faolligidan norozi
boʻlishgan. Ularning xavotirlariga
javoban, AQSh yetakchiligidagi ittifoq
mintaqada havo sarhadlarini qo’riqlovchi
samolyot va harbiy mutaxassislar sonini
oshirgan.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi
hamkorlik 1994-yil 13-iyulda
tasdiqlangan NATOning „Tinchlik yoʻlida
hamkorlik“ dasturining Doiraviy bitimiga
muvofiq, hamda 1996-yildan boshlab har
yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning
muhim sohalarini qamrab oladigan
Oʻzbekistonning NATO bilan
hamkorligi


(harbiy taʼlim, mudofaa siyosati,
terrorizmga qarshi kurash, ilmiy
izlanishlar, favqulodda holatlarda
fuqarolar muhofazasini taʼminlashni
rejalashtirish) sherikchilik boʻyicha
individual dasturlar doirasida amalga
oshiriladi.
[11]
Oʻzbekiston va NATOning YeAHK
doirasidagi maxsus yigʻilishlarida,
jumladan YeAHKning tashqi ishlar va
mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy
qoʻmitalar, oliy harbiy-siyosiy qoʻmitalar,
„Tinchlik yoʻlidagi fan“ boʻyicha Qoʻmitasi
va fuqarolar muhofazasi boʻyicha
Qoʻmitasi yigʻilishlarida ishtirok etib
kelmoqda.


Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni
rivojlantirishda NATOga aʼzo mamlakatlar
bilan hamkorik, yaʼni NATOning Fan
qoʻmitasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Soʻnggi yillardagi Oʻzbekistonning
NATOga aʼzo davlatlar bilan hamkorligi
tajribasi uning juda samarali ekanligini
koʻrsatmoqda. Hozirgi paytda
Oʻzbekistonda NATO bilan informatsion
texnologiyalar, tibbiyot va boshqa qator
loyihalar amalga oshirilmoqda. 2007-yil
may va 2008-yil oktyabr oylarida
NATOning Fan qoʻmitasi raisi
K.Uspelerning Oʻzbekistonga tashrifi
hamkorlikning yanada yangi
bosqichlarga koʻtarilishiga turtki boʻlgan.


2008-yil 3 aprelda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
NATO Bosh kotibi Ya.Sxefferning taklifiga
binoan NATO/EAHKning Buharest
shahridagi sammitida ishtirok etdi va
Afgʻonistonda barqarorlikni taʼminlash
maqsadida „6+3“ Guruhini tashkil etish
tashabbusini ilgari surdi.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki
tomonlama aloqalarni rivojlanish
masalalarini muhokama qilish
maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz
mamlakatlari boʻyicha NATO Bosh
kotibining maxsus vakili R.Simmons
respublikaga bir necha bor tashrif
buyurgan.


Varshava shartnomasi
BMT
YXHT
NATO harbiy-dengiz unvonlarining
kodlari
Tsentr Politicheskix Texnologiy
Sberejenie naroda — visshaya izo vsex
nashix gosudarstvennix zadach
1. 
http://image.zn.ua/media/images/original
/Sep2014/97761.jpg
2. http://www.nato.int/cv/secgen.htm
NATO Whoʻs who? — Secretaries General
Shuningdek qarang
Manbalar


of NATO
3. http://www.nato.int/cv/depsecgen.htm
NATO Whoʻs who? — Deputy Secretaries
General of NATO
4. 
http://www.amerikaovozi.com/content/na
to-new-challenges/2502924.html
5. 
http://www.amerikaovozi.com/content/ukr
aine-russia/2524638.html
6. Tsentr Politicheskix Texnologiy
7. Kommentarii ekspertov TsPT
8. Aleksandr Soljenitsin o meste Rossii v
sovremennom mire
9. Sberejenie naroda — visshaya izo vsex
nashix gosudarstvennix zadach


10. 
http://www.amerikaovozi.com/content/ru
ssia-flights/2521309.html
11. Yevro-Atlantika hamkorlik kengashi
(EAHK) va"Tinchlik yoʻlida hamkorlik"
(TYH) dasturi doirasida Oʻzbekiston va
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti
(NATO) hamkorligi toʻgʻrisida

Yüklə 455,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin