Nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Sotsial o'zgarishlar manbalari



Yüklə 283,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.09.2023
ölçüsü283,18 Kb.
#150213
1   2   3   4   5   6
Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari

Sotsial o'zgarishlar manbalari.
Jamiyatning o'zgarish «mexanizmlarini» ochib berishda ularning tarix bilan yonma-yon qanday 
harakat qilishini o'rganish lozim. O'zgarishlarning sotsial omillari sifatida tabiiy muhit, aholining 
o'sishi, resurslar va qadriyatlami taqsimlashda paydo bo'ladigan ixtiloflar kabilar namoyon bo'ladi. 
Masalan, O. Kont jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir, degan fikrni bildirgan 
edi. G.Spenser evolyutsiyaning mohiyatini jamiyatning murakkablashuvida, uning ichki 
taqsimlanishida (tabaqalanishida) deb bildi. E.Dyurkgeym bu o'zgarishlami individlaming o'zaro 
o'xshashligi va rivojlanmaganligiga asoslangan mexanik birdamlikdan sotsial tabaqalashish va 
mehnat taqsimoti asosida organik birdamlikka o'tishidir, degan fikrni bildiigan edi. Boshqa taniqli 
olimlar jamiyatni rivojlantiruvchi kuch sifatida boshqa sotsial hodisalaming o„rniga katta e‟tibor 
berdi: avlodlar (X.Ortega-va-Gasset), ijodkor elitalar (G.Moska va V.Pareto), mashhur shaxslar (rus 
sotsiologiyasining subyektiv maktabi) va hokazo. Marksizm vakillari jamiyatni rivojlantiruchi 
kuchlar sifatida oqibati antagonizmga olib keladigan sinfiy kurashlardir, deb e‟tirof etdi. Har bir 
tarixiy davrda odamlami doimiy ravishda qanoatlantirib turishi lozim bo„lgan moddiy va ma‟naviy 
ehtiyojlar mavjud bo'ladi. Bu ehtiyojlar va manfaatlar doimiy ravishda o„zgarib boradi (aholi o„sib 


boradi, ehtiyojlar oshib boradi).
Jamiyatda ehtiyojlaming oshib borish qonuniyati amal qiladi: odam birlamchi, hayotiy ehtiyojlarini 
qondirib bo„lganidan keyin bilish va ma‟naviy ehtiyojlarini qondirishga o„tadi. Bu jarayonda inson 
hayotining og„irlik markazi ma‟naviy sohaga ko„chib o„tadi (jonzotlar iste‟mol qilish uchun 
yashaydi, inson esa yashash uchun iste‟mol qiladi). Hozirgi davrda doimiy ravishda o„sib borishga 
moyil ehtiyojlarni qondirish uchun faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o„tib borgan holda yanada 
ko„proq mehnat qilishga to„g„ri keladi (masalan, qishloq xo'jaligiga oldin mashinalar kirib keldi, 
keyinroq esa ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlandi). Industrialdan keyingi jamiyatda odamlarning 
asosiy hayotiy faoliyat sohasi axborot sohasida namoyon bo„la boshlaydi, axborot va fan 
rivojlanishning asosiy manbaiga aylanadi.

Yüklə 283,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin