17
ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning
sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar.O’quvchilar har bir morfemaning
vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab ko’rsatish talab qilingan vazifani
bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning o’ziga xos xususiyatini yaxshi
o’zlashtiradilar. Masalan, o’zakdosh so’zlar tanlash vazifasini bajarish davomida
so’z yasash uchun qanday morfemalardan foydalanilgani, so’z yasovchi
qo’shimcha tufayli so’zning ma’nosi qanday o’zgargani aniqlanadi. SHundan
so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki, u birlikni emas, ko’plikni
bildirsin” topshirig’i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib, otga shakl yasovchi
ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma’nosi o’zgarmaganini, faqat
shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z yasovchi qo’shimcha bilan
shakl yasovchi qo’shimchalarni taqqoslash orqali o’quvchilar shakl yasovchi
qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini yaqqol ko’radilar.
Dostları ilə paylaş: