2. Nazariy ta’lim metodlari. О‘quv muassasalarida boshlang‘ich kasbiy ta’limni о‘qitishning nazariy asoslari quyidagi bosqichlarda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtiriladi: umumiy ta’lim, umumiy texnik ta’lim va kasbiy ta’lim.
Umumiy ta’lim fanlari bо‘yicha ta’lim metodlarining umumiy didaktik, xususiy didaktik va xususiy metodik jihatlari pedagogik adabiyotlarda chuqur bayon qilib berilgan.
Umumtexnika va kasb fanlarini о‘qitish metodlari aksariyat xalqlarda о‘ziga xos mazmuniga kо‘ra aniqlanadi, ya’ni:
kо‘p xususiyatli tuzilma, obyektlarni turli xil yо‘nalishlarda о‘rganish;
materialning keng qamrovligini, ta’lim oluvchining turli xil usullar asosida bilimlarni qabul qilishi;
ta’lim oluvchilarning ishlab chiqarish ta’limi jarayoni bilan mustahkam aloqadorligi;
materialning keng qamrovligi, tajribaviy izlanish soni va sifati jihatidan, xizmat kо‘rsatish usullarini amaliy о‘rganish.
о‘quv materiali mazmunida yangi texnika va texnologiyalar va imkoniyati mahalliy shart-sharoitlarning aks ettirish.
Ta’lim metodlaridan foydalanishda bularni inobatga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |