Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Metodik ishlarni boshqarish tizimi



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Metodik ishlarni boshqarish tizimi. 
О‘quv-tarbiyaviy jarayonni 
boshqarish pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Shu sababli о‘quv muassasida metodik ishlarni boshqarishning asosiy obyekti 
pedagogik jamoa hisoblanadi.
Umumta’lim maktabidagi metodik ishlarning aniq shakllarini maktab 
pedagogik kengashi belgilaydi. Maktab rahbari (direktor) metodik ishlarga 
umumiy rahbarlik qiladi. U «Metodik ishning rejasi»ni tasdiqlaydi, pedagogik 
kengash ishiga rahbarlik qiladi, instruktiv-uslubiy majlislar о‘tkazadi, о‘qituvchilar 
о‘tkazadigan mashg‘ulotlarni tahlil qiladi, alohida о‘qituvchilarning metodik 
ishlariga rahbarlik qiladi, yuqori organlar oldida о‘zi rahbarlik qilayotgan 
maktabdagi metodik ishlarning ahvoli tо‘g‘risida hisobot beradi. 
Direktorning о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari umuman maktabdagi metodik 
ishlarning, shuningdek fan uyushmalarida olib boriladigan metodik ishlarning 
tashkilotchisi hisoblanadi. 
Sinf rahbarlari bilan olib boriladigan metodik ishlarni direktorning о‘quv-
tarbiyaviy ishlari bо‘yicha о‘rinbosari, umumta’lim о‘qituvchilari bilan olib 
boriladigan metodik ishlarga esa ilmiy bо‘lim mudiri rahbarlik qiladi.
 


279 
Umumta’lim maktabida о‘qituvchilarning metodik ishlari jamoaviy ishlar 
bilan birga olib boriladi. Jamoaviy metodik ishlardan eng muhimi fanlar bо‘yicha 
tashkil etiladigan metod birlashmalardir. Metod birlashmalarda kо‘riladigan 
masalalar quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
1) yangi о‘quv dasturi, darslik, qо‘llanma va uslubiy ishlanmalarni о‘rganish; 
2) metodik yо‘riqnoma va buyruqlarni о‘rganish, ularni amalga oshirish 
yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish; 
3) о‘quv-ishlab chiqarish ishlarini, о‘quv-texnik hujjatlarini, turli ishlar uchun 
vaqt meyorlarini, о‘quvchilarning ish о‘rinlarini tashkil etish va jihozlash 
masalalarini muhokama qilish; 
4) о‘quv dasturi mavzularini о‘rganish metodlarini muhokama qilish
tekshirish ishlarini va malakalarini belgilashni tashkil etish; 
5) ochiq darslar о‘tkazish va natijalarini muhokama qilish; 
6) о‘qituvchilarning sinflaridagi tarbiyaviy ishlari, darsdan tashqari ishlarini 
bajarish metodikasi; 
7) о‘qituvchining ta’lim-tarbiya ishlariga doir tajribalari, о‘quvchilar bilan fan 
va texnika yutuqlarini, ilg‘or mehnat qoidalarini о‘rganish kabi masalalar 
tо‘g‘risidagi axborotlari. 
Pedagogik kengash umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining 
jamoaviy rahbaridir. Bu kengash о‘quv-uslubiy va tashkiliy-xо‘jalik ishlariga 
rahbarlik qilishda direktorga yordam beradi; kengash о‘z ishini direktor 
rahbarligida olib boradi. Pedagogik kengash quyidagi masalalar bilan shug‘llanadi: 
1) 
maktabning yarim yillik, о‘quv ishlarining yakunlarini, shuningdek, 
malaka imtixonlari natijalarini muhokama qiladi;
2) о‘qituvchilarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash tadbirlarini 
belgilaydi, о‘qituvchilarning о‘z ish tajribasi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi; 
3) о‘quv guruhlarida darslarning о‘zlashtirilishi, darsga qatnashish, usta va 
о‘qituvchilarning о‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlariga doir 
masalalarni kо‘radi; 


280 
4) о‘quv reja va dasturlarining bajarilishi va boshqa shu kabi masalalarni 
kо‘radi. 
О‘qituvchilarning texnik va pedagogik malakalarini oshirishning jamoaviy 
shakllari seminar-trening, pedagogik о‘qishlar va boshqa shakllari bо‘lishi 
mumkin.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin