237
о‘quvchilarga har qanday faoliyatda о‘z- о‘zini nazorat qilishlarining ahamiyatini
tushuntiradi.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish birdan - bir maqsad emas, balki
butun ta’lim jarayonining tarkibiy qismi bо‘lishi kerak. Shu talabdan kelib chiqib,
mehnat darslarida nazorat qilishning yakka va frontal shakllaridan foydalanish,
ularni har bir aniq xolda tо‘g‘ri amalga oshirish lozim. Masalan, kirish
instruktajida yangi ishning birinchi bosqichlarida о‘quvchilar qо‘llashi mumkin
bо‘lgan malakalar frontal tekshirilishi mumkin. Ishning keyingi bosqichlarida
kerak bо‘lgan malakalar о‘quvchilarning har biri bu ishlarni bajarishga qanday
kirishishiga qarab, yakka tekshiriladi. Bilimlarni tekshirish haqida ham shularni
aytishi mumkin. Mehnat mashg‘ulotlarining tavfsifi bilimlarni yakka holda
tekshirishda ularning amaliyotda qо‘llanishini bog‘lash imkonini beradi. Shu
tufayli, bir tomondan, о‘quvchilar tekshirishning zarurligini tushunib yetadilar va
unga katta mas’uliyat hissi bilan munosabatda bо‘ladilar, ikkinchi tomondan,
о‘qituvchi har bir о‘quvchi haqida tasavvur hosil qilish imkoniga ega bо‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Dostları ilə paylaş: