76
tomoni, uning mazmunini turli tomondan tahlil etish, ahamiyatini
aniqlashtirishga qaratiladi.
Psixogimnastika usuli -
mimika va xatti-harakatlari yanada ta’sirchan
ko‘rsatib berish, badan mushaklaridagi gipertonuslarni bartaraf etish va
mushaklarni tinchlantirish uchun katta ahamiyatga ega.
Hissiy obrazlarni temp va ritmda aks ettirish, ertak qahramonlarining
hissiyotlari, xatti-harakatlarini ritmlashtirish mashqi bola organizmida
kechayotgan ritmik jarayonlarni me’yoriy kechishiga ta’sir etadi.
Ta’riflash metodi
– bolalarga ertakning mazmun-mohiyatini chuqurroq
tushunish, unga mos hissiy javob reaksiyasini chaqirish, boshqa ertaklar bilan
o‘xshash va farqli tomonlarini o‘zaro bog‘langan jumla va gaplar vositasida
taqqoslash, nutqda obrazli jumla va ertakdagi qaytariluvchi “naqorat”larni faol
qo‘llashga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi so‘zli improvizatsiyalar metodi
– defektolog bolalarga
ertakni ma’lum epizodini sahnalashtirishni taklif etadi va bolalarga bosh rollarni
taqsimlab beradi. Sahnalashtirish davomida bolalar ertakni syujeti asosida
ertakka yangi elementlarni kiritishadi, ertak qahramonlarini o‘zaro muloqoti
asosida bolalar ertak mazmun-mohiyatini chuqur anglashadi.
Musiqiy kompozitsiya asosida fantaziya qilish metodi
– bolalar ertak
asosidagi musiqani bir qismini tinglagandan so‘ng, musiqiy obrazning xarakteri,
dinamikasi, ohangi va ritmidan kelib chiqgan tarzda ertak qanday davom etishi
mumkinligi
haqida
mulohazalar
yuritishadi,
o‘z
mulohazalarini
sahnalashtirishadi
41
.
Ta’limiy eksperimental tadqiqot davomida ertakterapiya o‘yin
texnologiyasi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar namunasi:
Dostları ilə paylaş: