Xulosa:
M aktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhit
tashkil etilgan b o ’lib, STEAM ta ’lim texnologiyasidan foydalanilgan
holda
takomillashtirish
maqsadga
muvofiqdir.
Rivojlanish
markazlaridagi mustaqil ta ’limiy faoliyat maktabgacha yoshdagi
bolalaming “Aql va q o ’l” g ’oyasini amalga oshirishga undaydi.
Mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun savollar:
1. M aktabgacha ta ’lim tashkilotlaridagi rivojlantimvchi muhitning
o ’ziga xos xususiyatlari nimada?
2. Rivojlanish markazlari haqida nimalami bilasiz?
3. Rivojlanish markazlarini tashkil etishga qo’yiladigan talablami
bilasizmi?
4.
Maktabgacha ta ’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni
tashkil etishda STEAM texnologiyasidan qanday samarali foydalanish
mumkin?
50
5-mavzu: STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishda elektron
ta ’lim resurslaridan foydalanish.M aktabgacha ta’lim tashkiloti
pedagoglarining digital kompetensiyalari.
Tayanch tushunchalar:
elektron ta ’lim resurslari, multimedia
vositalari,raqamlashtirish,
media
savodxonlik,
ijodkorlik,
tarbiyachi,uslubchi,
pedagog-psixolog,
defektolog,
digital,
kompetensiyalar.
1. STEAM ta ’lim texnologiyasini tatbiq etishda elektron ta’lim
resurslaridan foydalanish. Multimedia vositalari,
animatsiyalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligi.
M aktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
ta ’lim-tarbiya
jarayonida
multimedia texnologiyasidan foydalanishni amalga oshirish uchun,
a w alo , multimedia to ‘g ‘risida asosiy tushunchalami o ’rganamiz.
Multimedia atamasining lug‘aviy m a’nosi (multum-medium) (yoki
(inglizcha multi-media) kabi ikkita so‘z yig‘indisidan tashkil topgan
bo‘lib, multi - ko‘p, media - muhit m a’nosini anglatadi. Atama ilmiy va
o ‘quv adabiyotlarida ko ‘p vositalilik, multimedia muhiti, k o ‘p qatlamli
muhit, multimedia - bittadan ko‘p bo‘lgan mediadir, mahsulot tashuvchi
vosita, m a’lumot tashuvchi vosita kabi talqin qilinib kelinmoqda, xatto,
ayrim adabiyotlarda hozirgacha multimedia atamasining aniq ta ’rifi
mavjud emasligi ham e ’tiro f etilgan. Hozirgi kunda multimedia atamasi
ko‘p qirrali bo‘lib, turli xil tushunchalami ifodalashga tatbiq etilib
kelinmoqda. Masalan, multimedia texnologiyasi; multimedia mahsuloti;
multimedia didaktik vositasi va boshqalar shular jumlasidandir.
Multimedia tushunchasining adabiyotlarda yoritilgan bir nechta ta’rifini
keltiramiz:
Multimedia, deganda turli shakldagi m a’lumotlami qayta ishlovchi
vositalar majmuasi tushuniladi. M ultimedia - bu maxsus texnologiya
bo‘lib, dasturiy va texnik moddiy ta ’minot asosida kompyuterda bir
vaqtning o ‘zida tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda (hattoki
videofilm holatida) ifodalash imkoniyatidir.
M aktabgacha yoshdagi
bolalarga m o‘ljallangan
multimediali
texnologiyalar
an’anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan
farqlanadi:
- bolalaming psixologik jihatlari;
- bolalaming yoshi (5-7 yosh);
- kompyuterli m ashg‘ulotning davomiyligi (15 daqiqa);
51
- materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida);
- materialning hajmi (30 daqiqaga m o‘ljallangan);
- materialninig murakkablik darajasi
(bolalar uchun sodda
materiallar tanlanadi);
- ulaminig faollik darajalari va hokazo.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali
kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha
kechadi:
Dostları ilə paylaş: |