muassasalarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha
ta’lim tizimida institusional o ‘zgarishlar amalga oshirilishi, mazkur
sohada sog‘lom raqobat muhitining yaratilishi; zamonaviy energiya va
resurs tejovchi texnologiyalami joriy etish asosida maktabgacha ta’lim
muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va
kapital ta’mirlashning kengaytirilishi, ulaming o ‘quv-metodik, didaktik
materiallar, rivojlantiruvchi o ‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar,
mebel, kompyuter texnikasi, o ‘quv uskunalari bilan jihozlanishi;
maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning
ijtimoiy
javobgarligi
oshirilishi,
moliyalashtirish
manbalarining
kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishini
amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida xorijiy davlatlar
tajribasida yuqori kobrsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy
yondashuv keng tatbiq qilinmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o ‘quv
dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar
ikkita asosiy guruhga ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagicha aks etgan:
1.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yoshli) bolaning umumiy muhim
kompetensiyalari:
Dostları ilə paylaş: