Nazorat savollari. O’zbekiston tarixining maqsadi va axamiyati


O’zbekiston tarixini o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy-uslubiy tmoyillar



Yüklə 15,37 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2023
ölçüsü15,37 Kb.
#121269
1   2   3
Nazorat savollari 1mavzu

2.O’zbekiston tarixini o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy-uslubiy tmoyillar.
Tarixni o‘rganishda faktlarni taqqoslash, mantiqiy–qiyosiy xulosalar chiqarish va 
umuman falsafiy tafakkurning o‘rni kattadir. Demak, tarixiylik va xolislik ilmiy 
yondashishni talab qiladi va o‘tmishimizni teran anglashda asosiy mezon bo‘lib qoladi. 
Tadqiqotchilar o‘tmish jarayonini ma’lum bir davrlarga bo‘lganganlar. Bu davrlar 
insoniyat tarixida yirik ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy tub o‘zgarishlar, taraqqiyot 
bosqichlari bilan bog‘liq.
O‘zbekiston tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin. 
– qadimgi davr (eng qadimgi davrlardan to milodiy IV asr oxirlarigacha); 
–o‘rta asrlar davri (V–XIX asr boshlari); 
–Rossiya mustamlakasi davri (XIX asr o‘rtalari–XX asr boshlari); 
–O‘zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917–1991 yillar); 
–Milliy istiqlol davri (1991 yildan boshlab). 
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston tarixi keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda. Barcha 
maktablarda, litsey va kollejlarda bu fan bo‘yicha bir necha yil davomida darslar 
o‘tilmoqda. 
Oliy o‘quv yurtlari ta’lim tizimida tarixiy voqealar sababini, o‘zagini ochib 
berishga, ularni tahlil qilishga, muhim tarixiy voqealardan xolis xulosalar chiqarishga 
ko‘proq urg‘u beriladi. CHunki talaba yoshidagilar bu muammolarni chuqurroq idrok eta 
olishlari mumkin. Talabalar e’tibori insoniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to‘laroq 
anglashga qaratiladi. Bunday yondashuv, o‘z navbatida, yoshlarimizda milliy istiqlol 
mafkurasini chuqurroq anglashga ko‘maklashadi.Tariximizni teran bilish, uni idrok etish, 
o‘z xalqi va mamlakatini istalgan joyda va istalgan darajada tanishtira olish salohiyati– bu 
tarixiy ongdir. Jahonning bir qator yetuk davlatlarida fuqarolik huquqini olish uchun har 
bir kishi davlat tili, mamlakat konstitutsiyasi, huquqi va tarixi bo‘yicha davlat imtihoni 
topshirishi lozim. Zero, o‘z tarixini bilgan kishigina mamlakat fuqarosi deb hisoblanishi 
mumkin ekan. Xalqaro huquq amaliyotida bunday talab qo‘yilishi bejiz bo‘lganmasa 
kerak. 
Bu masalaga xulosa qilib quyidagilarni alohida ta’kidlashimiz mumkin: 
- O‘zbekiston tarixi fani fan sifatida boshqa fanlar orasida alohida ahamiyatga ega. 
U ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi 
hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. 
- tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish ob’ekti bitta, ya’ni 
jamiyat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga tarixiy haqiqatlarning 
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Ammo, shuni ta’kidlash joizki, tarix boshqa 
fanlarning, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa 
fanlarning hammasi - tarix, tarixiy ong va tarixiy bilimlar, tarixiy tafakkur - tarixning 
maxsulidir. 


Yüklə 15,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin