U kuchlanishda R aktiv qarshilikdan I toki oqib o’tadi. Bunda Ua - kuchlanishning fazasi I - tok fazasiga mos keladi.
Xc sig’im qarshiligiga ega bo’lgan kondensator zanjirida I tok hosil bo’lishi uchun yana Uc = Xc kuchlanish talab etiladi. Uc- kuchlanish sig’im qarshilikda kuchlanish pasayishi deb ataladi(2.10-rasm, a).
Kondensator zanjirida kuchlanish Uc faza jixatidan I tokdan 900 ortda qoladi. Zanjir qisqichlaridagi U - kuchlanish Ua va Uc vektorlarning geometrik yig’indisiga teng bo’lishi kerak. Bu vektorlarni geometrik usulda qo’shib kuchlanishning effektiv qiymatini aniqlovchi U vektorni hosil qilamiz (2.10-rasm, b).
Dostları ilə paylaş: |