Ubaydullayeva Ra’no Axatovna
228
–
O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, akademik. U 1936-yilda
Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1958-yilda Toshkent
moliya-iqtisod institutini tugatganidan keyin O‘zFAning iqtisodiyot
institutida laborant lavozimida ishlagan. 1960-yilda
ushbu
institutning aspiranturasiga o‘qishga kirgan va i.f.d., professor
D.D.Yerlix raxbarligida ilmiy izlanishlar bilan
shug‘ullana
boshlagan. 1964-yilda “O‘zbekiston kolxozlarida ayollar mehnati”
bobi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ushbu tadqiqot
natijalari bo‘yicha R.A.Ubaydullayevaning “O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligida ayollar mehnati” (1969) deb nomlangan birinchi
monografiyasi chop etilgan.
1964–1974-yillar
davomida
O‘zFA
Iqtisod institutida kichik ilmiy xodim, katta
ilmiy xodim va bo‘lim mudiri vazifalarida
ishlagan. R.A.Ubaydullayeva O‘zbekistonda
aholi sonining qayta tiklanishi va o‘sishi hamda
mehnat resurslaridan foydalanish muammolari
bilan shug‘ullangan. Ilmiy izlanishlar bo‘yicha
hamkasblari
bilan
hamkorlikda
O‘zbekistonning o‘ziga xos
sharoitlarida mehnat resurslarini ko‘paytirishning ilmiy asoslarini
ishlab chiqqan. Bu yillarda kichik va katta bo‘lmagan shaharlardagi
mehnat
resurslarining
balanslarini
tuzish
metodlarini
takomillashtirish, ishlab chiqarish ichidagi zahiralarni aniqlash, sanoat,
qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida mehnat
resurslaridan samaraliroq foydalanish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar
bajarilgan.
Ayniqsa,
R.A.Ubaydullayeva
rahbarligi
ostida
O‘zbekistonning 60 ta kichik va katta bo‘lmagan shaharlari bo‘yicha
bajarilgan ishlanmalar muhim ahamiyat kasb etti. Ushbu ilmiy
ishlarga tayangan holda erkaklar va ayollar mehnatidan oqilona
228
Иқтисодчи олимлар. Тўпловчи ва тузувчилар: Х.П.Абулқосимов, Т.Т.Жўраев. – T.: “Fan va
texnologiya” нашриёти, 2016. 24–25-бетлар.
R.Ubaydullayeva
476
foydalanish bo‘yicha takliflar asoslanib berildi. 445 ta sanoat
korxonalarida
o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari mehnat
samaradorligini oshirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlash imkoniyati
berdi.
O‘tgan asrning 70–80-yillarida R.A.Ubaydullayeva o‘zining ilmiy
tadqiqotlarida mehnat resruslarini qayta tiklash, mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligi, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mintaqasi
sharoitida ayollar mehnatidan foydalanishning optimal imkoniyatlari
bilan bog‘liq metodologik masalalarga alohida e’tibor qaratgan. Shu
davr ichida uning bevosita rahbarligi ostida viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, kolxoz va sovxozlarda bir qator sotsiologik tadqiqotlar
o‘tkazilgan.
1974-yilda R.A.Ubaydullayeva “O‘zbekiston SSRda mehnat
resurlarini joylashtirish va undan samarali foydalanishning
mintaqaviy muammolari” bobsida doktorlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Amalga oshirilgan ilmiy ishlanmalarning natijalari asosida
“Aholi soni va mehnat resurslari qayta tiklanishi qonuniyatlari va
o‘sishi istiqbollari” (MDU talabalari uchun ingliz tilida o‘quv
qo‘llanma, 1978); “O‘zbekistondagi mehnat resurslari va ulardan
foydalanishning samaradorligi” (1979); “O‘zbekistondagi yoshlar
mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari” (1982)
kabi monografiyalar, bir qator broshyuralar va ilmiy maqolalar chop
etilgan.
1993-yilda
R.A.Ubaydullayeva O‘zR
Mehnat
vazirining
o‘rinbosari bo‘lib ishlab, ilmiy faoliyatni davom eetirdi. 1998-yilda
professor R.A.Ubaydullaevaning ilmiy va mehnat faoliyatida yangi
bosqich boshlandi. U “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish
ilmiy – tadqiqot Markazining direktori etib tayinlandi va
mamlakatimiz uchun yangi ilmiy soha – jamoatchilik fikri
sotsiologiyasi yo‘nalishida ish boshladi.
477
G’ulomov S.S.
Dostları ilə paylaş: |