Tayanch so‘z va iboralar:
iqtisodiy fikr, quldorlik, mulkini himoya
qilish, ijara, sudxo‘rlik, terimchilik, ovchilik, baliq ovlash, o‘troqlik
turmush tarzi, qishloq xo‘jaligi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar qachon va qayerda paydo bo‘la
boshladi?
2.
Xammurapi qonunlari qachon va qaysi davlatda yuzaga keldi,
uning asosiy mazmunini aytib bering.
3.
Avestoda qaysi iqtisodiy kasblar yoritilgan?
4.
Avestoda qanday xatti-harakat yoritiladi?
5.
Konfutsiy g‘oyalarining asosiy mazmuni nimadan iborat?
6.
Aflotun iqtisodiy g‘oyalari nimadan iborat, u almashuvning
qanday shaklini tavsiya etadi?
7.
«Avesto»dagi
iqtisodiy
g‘oyalarda
ijtimoiy
mehnat
taqsimotining qaysi jixatlariga ko‘proq e’tibor berilgan?
8.
Ilk uyg‘onish davrida O‘rta Osiyo olimlarining iqtisodiy
g‘oyalarining asosiy mohiyati nimadan iborat?
9.
Ksenofont g‘oyalarining mazmuni Arastu va Platon g‘oyalaridan
va farqi va o‘xshash tomonlari qaysi?
10.
Qadimgi Gretsiya va Rim g‘oyalarini taqqoslab bering.
47
3-
MAVZU. FEODAL JAMIYATI VA UNING YEMIRILISHI
DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2 soat)
3.1.
FEODALIZM DAVRINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Yangi davr – milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V
asridan G‘arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab
chiqarish usuli bilan almashdi
41
.
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto
kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda
quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861–1865-yillardagi
fuqarolik urushidan keyin to‘la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan,
Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya’ni o‘lka Rossiya
tomonidan bosib olingach, qonun yo‘li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy,
iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko‘ra Yevropaning asosiy qismida,
jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli darajasida etmadi,
balki feodalizmga o‘tdi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud
bo‘lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar, rasman ozod dehqonlarni
eksplutatsiya qila boshladi. Yer egalari – feodallar yoki davlat
dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul
obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday
qilib, feodalizm jamiyati yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar
– dehqonlarning hamkorligiga asoslanildi.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor
bo‘lgan, o‘zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo‘jalik
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab
chiqarish kuchlari ancha o‘sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda
hali ham qoloq texnika mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining
rivoji sekin borgan. G‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V
asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan burjua inqiloblari (XVII–
XVIII asrlar), aniqrog‘i, sanoat to‘ntarilishi davrigacha yashadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda (masalan, O‘rta Osiyo, jumladan,
41
Раззоқов А., Ташматов Ш., Ўрмонов Н.. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-
MOLIYA” 2007. 27 -28 б.
48
O‘zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o‘z ichiga oldi (III–XX
asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli
bo‘lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko‘rsatish, tovar-pul
munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishi belgilashga
qaratilgan. O‘sha davrdagi iqtisodiy g‘oyalarga tovar-pul munosabatlari
(sudxo‘rlikdan tashqari) qo‘llab-quvvatlanadi, shu bilan birga, feodal
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: |